Kadrlar hammaga kerak: professionallar Rossiya pasportini tezlashtirilgan tartibda oladi

© SputnikPasport RF
Pasport RF - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kuzdan Rossiyada migratsiyaga oid yangi qonunchilik ishga tushadi. RFdagi xorij fuqarolari hayoti shundan so‘ng qanday o‘zgarishi haqida Sputnik materialida o‘qing.

TOShKENT, 16 avg - Sputnik, Lev Rijkov. Yaqin vaqt ichida Rossiya Federatsiyasida migratsiyaga oid qonunchilikka muhim o‘zgartirishlar kiritiladi. Joriy etiladigan yangiliklar haqida "Rossiya segodnya" XAA tashkil etilgan matbuot-anjumanida RF IIV migratsiya masalalari bo‘yicha bosh boshqarmasi rahbari politsiya general-mayori Valentina Kazakova so‘zlab berdi.

Pasporta grajdanina Rossiyskoy Federatsii i grajdanina Ukraini - Sputnik O‘zbekiston
Ukrainaning barcha fuqarolariga soddalashtirilgan tarzda Rossiya fuqaroligi berilishi mumkin

Muddatsiz yashash huquqi

2019 yilning 2-oktabridan kuchga kiradigan yangi qonunga binoan RF fuqaroligini olish uchun ariza bilan murojaat etish huquqiga ega bo‘lgan mutaxassislarning minimal ish faoliyati muddati 3-yildan 1-yilgacha etib qisqartiriladi. O‘zgarishlar birinchi navbatda malakali kadrlarni qamrab oladi. Tegishli mutaxassisliklar ro‘yxati Mehnat va ijtimoiy muhofaza vazirligi tomonidan tasdiqlangan. Ushbu ro‘yxatda shifokorlar ham, muhandislar ham, tokarlar ham, elektriklar ham bor.

2019 yilning 1-noyabridan Rossi Federatsiyasi hukumati tomonidan o‘rnatilgan kvotasiz "vid na jitelstvo" (yashash uchun ruxsatnoma) huquqini olishga haqli bo‘lgan fuqarolar toifasi ro‘yxati kengaytirilmoqda.

"Ro‘yxatga SSSR tarkibiga kirgan davlatlar fuqarolari hamda Rossiyadagi ta’lim tashkilotlarida professional ma’lumot olgan fuqarolar kabi toifa qo‘shilgan, - deya tushuntiradi Valentina Kazakova. - Shu tarzda, bizdagi oliy va o‘rta kasbiy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari kvotadan tashqarida yashash uchun ruxsatnoma (VNJ) olishlari mumkin bo‘ladi".

Ochered, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya fuqaroligini olishni soddalashtiruvchi qonun qabul qilindi

Rossiya Federatsiyasida 2019-yilning 1-noyabridan boshlab yashash ruxsatnomasi (VNJ) muddatsiz bo‘ladi. Hujjat xuddi Rossiya fuqarosi pasporti singari 14, 20 va 45 yoshda almashtirib beriladi. Shu bilan birga, yashash ruxsatnomasiga ega bo‘lish uchun berilgan arizani ko‘rib chiqish muddati 6 oydan 4 oyga qisqartiriladi. Zarur hujjatlar ro‘yxati ham qisqa: VNJ uchun ariza, chet el fuqarosi shaxsini tasdiqlovchi hujjat, ikki dona fotosurat va davlat bojini to‘laganlik haqidagi kvitansiya.

O‘tmishda SSSR fuqaroligida bo‘lgan RSFSR fuqarolari, shuningdek, RF hududida yaqin qarindoshlari: ota-onasi va farzandlari yashaydigan shaxslar RVP olmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yashashga ruxsantnoma (vid na jitelstvo) olish huquqini qo‘lga kiritadilar.

Faqatgina RF fuqarosi bilan nikohda bo‘lgan shaxslar bundan mustasno. Bunday shaxslar avval vaqtinchalik yashash ruxsatnomasi (RVP)ni olishlari kerak bo‘ladi.

Shuningdek, ushbu o‘zgarishlar rasman rus tili tashuvchisi etib tan olingan shaxslarga ham taalluqlidir. Agar ilgari bunday fuqarolarga yashash ruxsatnomasi uch yil muddatga berilgan bo‘lsa, endi uning muddati cheklanmagan.

Pasport bekor qilingan bo‘lsa

2019 yilning avgust oyida pasportlarni tortib olib bo‘yicha muammolarga yechim topadigan o‘zgarishlar kuchga kirmoqda.

Upolnomochenniy po pravam cheloveka v RF Tatyana Moskalkova - Sputnik O‘zbekiston
Sobiq SSSR aholisiga Rossiya fuqaroligini olishni osonlashtirish kerak – ombudsmen

"Rossiya davlatchiligi shakllana boshlagan davrda, sovet davrida berilgan pasportlar yangi namunadagilariga almashtirilgan davrda, pasportlar RF fuqaroligi bor-yo‘qligi tekshirilmagan tartibda berilgan, - deydi Valentina Kazakova. - Mana shu tufayli ham RF fuqarosi bo‘lmagan shaxslarda pasport mavjudligi muammosini keltirib chiqargan. Bundan kelib chiqadiki, shaxs o‘zini RF fuqarosi hisoblagan, ammo qonuniy tartibda bu fuqarolikni olmagan. Natijada, unda RF fuqaroligi mavjud emasligi haqida xulosa chiqariladi va bu holda pasport olib qo‘yiladi".

Ushbu masala sobiq ittifoq davlatlaridagi ko‘plab yashovchilar uchun dolzarbdir. Siz o‘zingizni RF fuqarosi hisoblagan bo‘lsangiz, lekin kutilmaganda sizdan pasportni olib qo‘yishsa, nima qilmoq kerak?

Kazakovaning aytishicha, bunday shasxlar birgina ariza va pasport olib qo‘yilganligi to‘g‘risidagi akt bilan RF fuqaroligini olish jarayoniga qabul qilinishi mumkin.

Shuningdek, Kazakovaning so‘zlariga ko‘ra, agar shaxs chet el fuqarosi bo‘lsa, u fuqarolikka qabul qilish qarori chiqarilgan sanadan boshlab bu jarayonga jalb qilingan hisoblanadi, agar boshqa fuqarolikning mavjudligi haqidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lmasa, arizachi Rossiya pasporti berilgan sanadan boshlab fuqaro sifatida tan olinadi.

Yangiliklar lentasi
0