Maktabgacha ta’limning yangi turi joriy etilmoqda

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaNoviy detskiy sad otkrili v Sergeliyskom rayone Tashkenta.
Noviy detskiy sad otkrili v Sergeliyskom rayone Tashkenta. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mobil guruhlarda xizmatlar bepul ko‘rsatiladi. Bunda ovqatlantirish majburiy emas, ta’lim bir kunda 3-4 soatni tashkil etadi.

TOShKENT, 20 sen – Sputnik. O‘zbekistonda maktabgacha ta’limning yangi turi joriy etilmoqda. Bu haqja Hukumatning tegishli qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab, maktabgacha ta’lim mobil guruhlari tajriba tariqasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ayrim tumanlarida, qayta jihozlangan ISUZU HC 40 avtobuslarida tashkil etiladi.

Noviy detskiy sad otkrili v Sergeliyskom rayone Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Shahnoza Mirziyoyeva Sergelidagi MTM ochilishida ishtirok etdi - foto

Mobil guruhning asosiy vazifalaridan biri maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinmagan bolalarning har tomonlama yetuk, intellektual kamol topishiga sharoit yaratishdan iborat.

Mobil guruhlarga 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan, maktabgacha ta’lim muassasalariga bormaydigan bolalar qabul qilinadi.

Qabul uchun ariza, ota-ona pasporti nusxasi, bolaning tug‘ilganlik guvohnomasi nusxasi, bolaning 2 dona fotosurati, bolaning salomatligi to‘g‘risida tibbiy xulosa va bolaning salomatligi to‘g‘risida tibbiy xulosa talab etiladi.

Mobil guruhlarda xizmatlar bepul ko‘rsatiladi.  Bunda ovqatlantirish majburiy emas, ta’lim bir kunda 3-4 soatni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda "bog‘cha avtobus"lari paydo bo‘lishi xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0