Shahnoza Mirziyoyeva Sergelidagi MTM ochilishida ishtirok etdi - foto

Obuna bo‘lish
Maktabgacha ta’lim vazirligi rahbari Agrippina Shin Sergelidagi maktabgacha ta’lim maskani haqida so‘z yuritar ekan, barchaga ushbu zamonaviy va shinam bog‘chalar loyihasi muallifi Shahnoza Mirziyoyeva ekanligini ma’lum qildi

Toshkent shahri Sergeli tumanida Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan "Baxtli bolalik" va "Bilimlar mamlakati" deb nomlangan ikkita davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Sputnik O‘zbekiston muxbiri ham ishtirok etdi.

Avtobus SAZ HC 40 - Sputnik O‘zbekiston
Yangi loyiha: O‘zbekistonda "bog‘cha avtobus"lari paydo bo‘ladi

Ushbu zamonaviy bog‘chalar Tumanning Qumariq hamda 5A dahasida joylashgan bo‘lib, shu paytgacha O‘zbekistonda faoliyat yuritgan bog‘chalardan tubdan farq qiladi. Ichkariga qadam qo‘yishingiz bilan, barchasi bolalar uchun, ular o‘zlarini baxtiyor his etishlari uchun puxta o‘ylanganligiga guvoh bo‘lasiz.

Yirik javonlar o‘rnini mobil modullar egallagan. O‘yin va o‘quv qurollari bolalar bo‘yi yetadigan joyda joylashgan. Guruhlar va koridorlarda nutq va yozish, bilimni rivojlantirish, ijod, qurilish, konstruksiyalash va mayetamatika, sujet o‘yinlari, kutubxona kabi ko‘plab rivojlantirish markazlari mavjud.

"Sergelida bir yo‘la ikkita MTM ochilishi yana 600 nafar bolalar sifatli maktabgacha ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘lishini anglatadi. Shuningdek, qisqa muddatli guruhlar ochilib, ularga 240 nafar bolalar qabul qilinadi", deya ta’kidladi ochilish marosimida nutq so‘zlagan Maktabgacha ta’lim vazirligi rahbari Agrippina Shin.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaSergeli tumanida ikkita davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ochildi.
Toshkent Sergeli tumanida ikkita davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ochildi. - Sputnik O‘zbekiston
1/14
Sergeli tumanida ikkita davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ochildi.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaOchilish marosimida MTV rahbari Agrippina Shin, MTV Maktabgacha ta’lim sohasi siyosatini shakllantirish va yuritish bosh boshqarmasi boshlig‘i Shahnoza Mirziyoyeva, "Nuroniy" jamg‘armasi respublika boshqaruvi raisi Shuhrat Jalilov va Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Davron Hidoyatov ishtirok etdi.
Toshkent Sergeli tumanida ikkita davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ochildi. - Sputnik O‘zbekiston
2/14
Ochilish marosimida MTV rahbari Agrippina Shin, MTV Maktabgacha ta’lim sohasi siyosatini shakllantirish va yuritish bosh boshqarmasi boshlig‘i Shahnoza Mirziyoyeva, "Nuroniy" jamg‘armasi respublika boshqaruvi raisi Shuhrat Jalilov va Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Davron Hidoyatov ishtirok etdi.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaMTTlari Sergeli tumanining Qumariq turar joy mavzesida va 5A dahasida joylashgan. Yangi ochilgan ikkita maktabgacha ta’lim tashkilotlarining umumiy quvvati 840 nafar bolalarni tashkil etadi.
Toshkent Sergeli tumanida ikkita davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ochildi. - Sputnik O‘zbekiston
3/14
MTTlari Sergeli tumanining Qumariq turar joy mavzesida va 5A dahasida joylashgan. Yangi ochilgan ikkita maktabgacha ta’lim tashkilotlarining umumiy quvvati 840 nafar bolalarni tashkil etadi.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaTa’lim muhiti Koreya Respublikasining modeli negizida loyihalashtirilgan. Loyiha muallifi Shahnoza Mirziyoyeva.
Sergeli tumanida ikkita davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ochildi. - Sputnik O‘zbekiston
4/14
Ta’lim muhiti Koreya Respublikasining modeli negizida loyihalashtirilgan. Loyiha muallifi Shahnoza Mirziyoyeva.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaYangi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qurilishida standart loyihalardan voz kechilgan holda noodatiy dizayn va zamonaviy yechimlardan foydalanilgan.
Sergeli tumanida ikkita davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ochildi. - Sputnik O‘zbekiston
5/14
Yangi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qurilishida standart loyihalardan voz kechilgan holda noodatiy dizayn va zamonaviy yechimlardan foydalanilgan.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaMTMning bir oylik to‘lov puli bir bola uchun 186 ming so‘mni, ikki bola uchun - 132 ming so‘mni tashkil etadi.
Sergeli tumanida ikkita davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ochildi. - Sputnik O‘zbekiston
6/14
MTMning bir oylik to‘lov puli bir bola uchun 186 ming so‘mni, ikki bola uchun - 132 ming so‘mni tashkil etadi.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaGuruhlar keng, yorug‘ va shinam, hammasiga "topliy" pol qilingan.
Sergeli tumanida ikkita davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ochildi. - Sputnik O‘zbekiston
7/14
Guruhlar keng, yorug‘ va shinam, hammasiga "topliy" pol qilingan.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaO‘yin va o‘quv qurollari bolalar bo‘yi yetadigan joyda joylashtirilgan.
Sergeli tumanida ikkita davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ochildi. - Sputnik O‘zbekiston
8/14
O‘yin va o‘quv qurollari bolalar bo‘yi yetadigan joyda joylashtirilgan.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaMusiqa zalida bolalar uchun musiqiy asbob-uskunalar, raqamli pianino, sahnadan tortib, grimm qiladigan xonagacha mavjud.
Sergeli tumanida ikkita davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ochildi. - Sputnik O‘zbekiston
9/14
Musiqa zalida bolalar uchun musiqiy asbob-uskunalar, raqamli pianino, sahnadan tortib, grimm qiladigan xonagacha mavjud.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaQo‘l yuvadigan rakovina ham bolalar bo‘yi o‘lchamini hisobga olgan holda tayyorlangan.
Toshkent Sergeli tumanida ikkita davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ochildi. - Sputnik O‘zbekiston
10/14
Qo‘l yuvadigan rakovina ham bolalar bo‘yi o‘lchamini hisobga olgan holda tayyorlangan.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaBolalar ovqatlanadigan joy.
Toshkent Sergeli tumanida ikkita davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ochildi. - Sputnik O‘zbekiston
11/14
Bolalar ovqatlanadigan joy.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaBolalar uchun polga tushsa ham sinmaydigan idishlar keltirilgan.
Toshkent Sergeli tumanida ikkita davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ochildi. - Sputnik O‘zbekiston
12/14
Bolalar uchun polga tushsa ham sinmaydigan idishlar keltirilgan.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaZamonaviy bog‘chada bolalarning o‘zi ko‘ngliga yoqqan mashg‘ulotni tanlaydi.
Toshkent Sergeli tumanida ikkita davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ochildi. - Sputnik O‘zbekiston
13/14
Zamonaviy bog‘chada bolalarning o‘zi ko‘ngliga yoqqan mashg‘ulotni tanlaydi.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaHar bir detal ustida puxta o‘ylangan va bolalar uchun qulay o‘yin-o‘quv muhiti yaratilgan.
Toshkent Sergeli tumanida ikkita davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ochildi. - Sputnik O‘zbekiston
14/14
Har bir detal ustida puxta o‘ylangan va bolalar uchun qulay o‘yin-o‘quv muhiti yaratilgan.
Yangiliklar lentasi
0