TOShKENT, 9 sen - Sputnik. Anapada 1 – 8-sentabr kunlari bo‘lib o‘tgan “Kinoshok” festivalida O‘zbekistonda suratga olingan “Issiq non” filmi bosh sovrin – “Oltin novda”ga sazovor bo‘ldi, bu haqida Rossiyaning bin necha OAVlari habar qilmoqda.
Rejisser Umid Hamdamov tomonidan suratga olingan film o‘smir qiz Zulfiya haqida hikoya qilib beradi. Uning onasi ish qidirib shaharga ketgan u esa qishloqda buvisi bilan yashaydi. Atrofida bo‘layotgan nohaqlik va yolg‘onlar tufayli u shaharga onasining oldiga borib yashashni istaydi. Buning uchun hatto Rossiyada ishlashga ketgan tog‘asini ham qaytarishga urinadi...
Filmda Zulfiyaning onasi rolini ijro etgan mashhur aktrisa Feruza Saidova – festivalning “Eng yaxshi aktrisa” unvoniga sazovor bo‘ldi. Film kompozitori Toir Qo‘ziyev ham film uchun yaratilgan eng yaxshi musiqa sovriniga sazovor bo‘ldi.
Aytish joizki, 2017-yilda Feruza Saidova Markaziy Osiyoning eng yaxshi aktrisasi unvoniga sazovor bo‘lgan edi.
“Kinoshok”da shuningdek “Eng yaxshi rejisser” – rossiyalik Lena Lanskix “Igri do 14+” filmi uchun, eng yaxshi ssenariy muallifi - Aleksandr Adabashyan va Sebastyan Alarkon “Oppozitsioner” filmi uchun. Eng yaxshi aktor unvoniga qozog‘istonlik Asanali Ashimovga mansub bo‘ldi.
Festivalda Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Armaniston, Moldova, Qirg‘iziston, Tojikiston, Estoniya va O‘zbekistonda suratga olingan filmlar orasida badiiy film, hujjatli film, qisqa metrajli film va bolalar uchun filmlar kategoriyalari bo‘yicha tanlovlar bo‘lib o‘tdi.