TOShKENT, 19 sen – Sputnik. O‘zbekiston paxtasining xorijdagi eng katta xaridori - Xitoy. Bu haqda Inspeksiya huzuridagi Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazi paxta mahsulotlarini sertifikatlash idorasi bo‘lim boshlig‘i Zohid Toshmatov AOKAdagi matbuot anjumani ma’lum qildi.
“O‘zbekiston paxtasining asosiy xaridorlari — mahalliy ishlab chiqaruvchilar hisoblanadi, — dedi Toshmatov. — Paxta xomashosining to‘qson foizini mahalliy korxonalar xarid qiladi. Xorijda esa eng katta xaridorimiz — Xitoy Xalq Respublikasi".
U o‘zbek paxtasini xarid qilayotgan mamlakatlar uning sifati uchun qo‘shimcha haq to‘lashlarini ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston paxta yetishtirish bo‘yicha dunyodagi kuchli o‘nlik, paxta tolasining sifati bo‘yicha esa kuchli beshlik mamlakatlari qatorida.