Davlat organlari Linux operatsion tizimiga o‘tadi

© SentosCentOS Linux 7
CentOS Linux 7 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda barcha davlat tashkilotlari Linux operatsion tizimiga o‘tadi, chunki u xavfsiz va bepul.

TOShKENT, 19 sen — Sputnik. O‘zbekistonda davlat organlari yoppasiga Linux operatsion tizimiga o‘tadi. Bu haqida “Texnik ko‘maklashish markazi” DUP rasman e’lon qildi. Uznews xabariga asosan. 

Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu qarorni qabul qilishga Linux tizimining xavfsizligi va uning bepulligi sabab bo‘lgan.

Portfel s dokumentami - Sputnik O‘zbekiston
Intellektual mulk agentligiga direktor tayinlandi

Markaz xabariga ko‘ra, ayni damda Linuxning eng so‘nggi versiyasi “CentOS Linux 7” – operatsion tizimi barcha sinovlardan o‘tib DUP sertifikatini olgan. Ushbu tizim davlat organlari faoliyatiga qo‘yilayotgan axborot xavfsizlik talablariga to‘liq javob beradi.

Ikkinchidan, Linux operatsion tizimi ishlab chiqaruvchilar tomonidan bepul tarqatilayotgani sababli – u O‘zbekiston davlat budjeti uchun yiliga 100 million AQSh dollariga miqdorda valyuta tejashi mumkin.

Uchinchidan, Linux operatsion tizimidan foydalanish xalqaro va mahalliy qonunlarda belgilangan intellektual mulk normalarini buzishini va buning uchun javobgarlikka tortilishni oldini oladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidentining 4024-sonli qaroriga asosan davlat tashkilotlarida litsenziyalanmagan kompyuter dasturlaridan foydalanish qat’iyan ta’qiqlanadi. Ushbu ta’qiqni buzgan tashkilot rahbarlari javobgarlikka tortilishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0