Intellektual mulk agentligiga direktor tayinlandi

© Sputnik / Vladimir FedorenkoPortfel s dokumentami
Portfel s dokumentami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
To‘lqin Abdusattorov O‘zbekiston prezidenti qaroriga muvofiq adliya vazirining o‘rinbosari – Intellektual mulk agentligi direktori etib tayinlandi.

TOShKENT, 19 sen – Sputnik. To‘lqin Abdusattorov Sayfullayevich O‘zbekiston prezidenti qaroriga muvofiq adliya vazirining o‘rinbosari – Intellektual mulk agentligi direktori etib tayinlandi.

To‘lqin Abdusattorov 1978-yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, 1999-yilda Samarqand davlat universitetini, 2003-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini, 2007-yilda O‘zbekiston milliy universitetini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.

U o‘z mehnat faoliyatini 2003-yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi falsafa va huquq instituti kichik ilmiy xodimi lavozimidan boshlagan.

2019 yil mart oyidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining raisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Yangiliklar lentasi
0