O‘zbekistonga sentabr oyiga qadar 150ta "Gruz-200" olib kelingan

© Press-slujba aviakompanii UzAirwaysSamolet Airbus-320neo aviakompanii "Uzbekiston xavo yullari"
Samolet Airbus-320neo aviakompanii Uzbekiston xavo yullari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugungi kunda O‘zbekiston hukumati "Gruz-200" bo‘yicha barcha harajatlarni o‘z zimmasidan qoplab kelmoqda. Bundan tashqari, chet davlatlarda "Gruz-200"ni rasmiylashtirish ishlari ham o‘zbekistonliklar uchun yengillashtirilgan

TOShKENT, 18 sen - Sputnik. Joriy yilning 9 oyi davomida O‘zbekistonga turli sabablarga ko‘ra chet davlatlarda vafot etgan 150 nafar fuqarolarning jasadlari qaytarilgan. Bu haqda bugun Xalqaro Press Klubning tashqi migratsiya masalalariga bag‘ishlangan sessiyasida Tashqi migratsiya agentligi direktori o‘rinbosari Baxtiyor Tursunov ma’lum qildi. Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabari asosida.

Pribitie poyezda Tashkent-Moskva - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda migrantlar yagona ma’lumot bazasi tashkil qilinadi

"Har-xil sabablarga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi, Yaponiya, Janubiy Koreya, Qozog‘iston, Turkiya va Ozarbayjon Respublikasida vafot etgan 150 nafar fuqarolarimizning jasadlari vatanga qaytarildi", - dedi Tursunov.

Bundan tashqari, Tashqi mehnat migratsiyaning chet eldagi vakolatxonalari tomonidan O‘zbekiston fuqarolariga ish beruvchi tomonidan to‘lanmagan oylik maoshlarini qaytarish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilib, 9 oy davomida 354 ming AQSh dollari atrofida to‘lanmagan maoshlar to‘lab berilishiga erishilgan.

Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi qonunlarini buzganligi uchun RF ichki ishlar organlari vaqtinchalik saqlash xonalarida saqlanib kelingan 1733 nafar O‘zbekiston fuqarolari davlat hisobidan vatanga qaytarilgan.

Bundan tashqari Rossiya hududida qiyin ahvolda bir so‘msiz qolgan 30 nafarga yaqin fuqarolar ham O‘zbekistonga olib kelingan.

Yangiliklar lentasi
0