TOShKENT, 17 sen - Sputnik. O‘zbekistonda ushbu yilning 1-oktabridan boshlab, mehnat migrantlari haqida ma’lumot bazasi ishga tushadi, deb xabar qildi Tashqi mehnat migratsiya agentligi boshlig‘i Baxtiyor Tursunov.
“Chet davlatlarda mehnat migratsiyasi safarida bo‘lgan fuqarolar haqidagi ma’lumotlar yagona axborot bazasiga jamlanadi”, - dedi Tursunov.
Mutaxasis aytishiga qaraganda Labor-migration tizimi “Yagona milliy mehnat tizimi” tarkibiga kiritiladi va mehnat migratsiyasi sohasida yanada sifatliroq izlanishlar olib borish uchun keng imkoniyatlar yaratib beradi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda xorijga ishlash maqsadida ketayotgan fuqarolarni avtomatik ravishda ro‘yxatga olish tizii yo‘q. Ma’lumotlarni jamlash bilan taaluqli muassasa va xizmatlar vakillari shug‘ullanib kelishmoqda.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ayni damda 3.5 millionga yaqini xorijiy yurtlarga mehnat qilish uchun ketgan. Bu mehnatga layoqatli bo‘lgan iqtisodiy faol aholining 20 %ini tashkil qiladi.