O‘zbekiston va Iordaniya ilk marotaba siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazdi

© AFP 2023 / AHMAD GHARABLIFlag korolevstva Iordan
Flag korolevstva Iordan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ammon shahrida O‘zbekiston va Iordaniya tashqi siyosat idoralari o‘rtasida ilk marotaba siyosiy maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi.

TOShKENT, 18 sen – Sputnik. Ammon shahrida O‘zbekiston va Iordaniya tashqi siyosat idoralari o‘rtasida ilk marotaba siyosiy maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi.

TIV xabariga ko‘ra, delagatsiyalarga O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Dilshod Axatov va Iordaniya Hoshimiylar Qirolligi Tashqi ishlar va muhojirlar masalalari bo‘yicha vazirlik bosh kotibi Saja al-Majaliy boshchilik qilgan.

Delegatsiya MID respubliki Uzbekistan v Kaire - Sputnik O‘zbekiston
Misr O‘zbekiston mahsulotlari eksport hajmini oshirish yo‘lini aytdi

Delegatsiyalar siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalarni rivojlantirishga urg‘u berib hamkorlikning hozirgi holatini batafsil ko‘rib chiqdilar, mintaqaviy va xalqaro muammolar, BMT, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa tuzilmalar doirasidagi aloqalarning amaliy jihatlari yuzasidan fikr almashdilar.

“Turli darajadagi siyosiy aloqalarning davlatlararo hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish va sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, uzoq muddatli va ko‘p qirrali tus berishdagi muhim rolini tasdiqlandi. O‘zaro savdo, investitsiya hajmini kengaytirish, O‘zbekiston-Iordaniya sherikligining shartnoma-huquq asoslarini mustahkamlash istiqbollari yuzasidan fikr almashildi”, - deyiladi xabarda.

Uchrashuvda parlamentlararo aloqalar va shartnoma-huquq asosini kengaytirishning alohida ahamiyati qayd etildi.

Yangiliklar lentasi
0