Misr O‘zbekiston mahsulotlari eksport hajmini oshirish yo‘lini aytdi

© MID UzbekistanDelegatsiya MID respubliki Uzbekistan v Kaire
Delegatsiya MID respubliki Uzbekistan v Kaire - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Dilshod Axatov boshchiligidagi delegatsiya Misrga tashrif buyurdi.

TOShKENT, 16 sen — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Dilshod Axatov Misr savdo va sanoat vazirining birinchi o‘rinbosari Ahmad Antar va investitsiyalar va xalqaro hamkorlik vazirining o‘rinbosari Reda Bebars bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi.

Vid na utrenniy Kair - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston delegatsiyasi Misrga tashrif buyuradi

Muzokaralar chog‘ida ikki mamlakatning savdo-iqtisodiy, investitsion va sanoat sohalaridagi hamkorligini faollashtirishning amaliy masalalari 2018-yil sentabr oyida Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisining O‘zbekistonga rasmiy tashrifi chog‘ida erishilgan iqtisodiy kelishuvlarning bajarilishi nuqtayi nazaridan muhokama qilindi.

Uchrashuvda Savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Misr hukumatlararo komissiyasining 7-majlisining kun tartibi va amaliy jihatlari, uning doirasida biznes forumini o‘tkazish, shuningdek, ikki mamlakat tadbirkorlarining Ishbilarmonlar kengashini tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi.

“Misr tomoni O‘zbekiston mahsulotlari eksport hajmini oshirish uchun Misrning Afrika va Yaqin Sharq mamlakatlari bilan amaldagi erkin savdo rejimida berilgan imkoniyatlardan foydalanishni taklif qildi”, - deyiladi TIV xabarida.

Bundan tashqari, Misr xalqaro savdo tizimi Tariflar va Savdo bo‘yicha Bosh Bitim / Jahon savdo tashkilotining asoschisi sifatida O‘zbekistonning JSTga kirish masalasida har tomonlama yordam berishga tayyorligi ma’lum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston delegatsiyasi Misrga tashrif buyurishi xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0