Rossiya va Belarus integratsiyasi rejasi qachon tasdiqlanishi ma’lum qilindi

© Sputnik / Andrey Aleksandrov / Mediabankka o‘tishKonsert v chest Dnya yedineniya narodov Rossii i Belorussii
Konsert v chest Dnya yedineniya narodov Rossii i Belorussii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vladimir Putin va Aleksandr Lukashenkoning ikki davlat integratsiyasi loyihasini tasdiqlashi kutilmoqda.

TOShKENT, 18 sen – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko joriy yilning 8-dekabriga qadar ikki davlat integratsiyasi loyihasini tasdiqlashi mumkin. Bu haqda RIA Novosti Belarusning Rossiyadagi elchisi Vladimir Semashko so‘zlariga asoslanib xabar qilmoqda.

U joriy yilning birinchi noyabriga qadar 31 ta turli yo‘nalishlar bo‘yicha “yo‘l xaritalari” ishlab chiqilishi lozimligini ta’kidlagan.

Prezident RF V.Putin provel rossiysko-belorusskie peregovori - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya va Belarus ittifoqchilikni yanada chuqurlashtiradi

“Yanada kuchliroq bo‘lish va yaxshi sharoitlarda yashash uchun aloqalarimiz yanada mustahkamroq bo‘ldi”, - deya qayd etgan Vladimir Semashko.

2018 yil oxirida Minsk va Moskva muammoli masalalarni hal qilish va integratsiyani rivojlantirish uchun ishchi guruh tuzishga kelishib oldilar.

Yoz oyida Rossiya va Belarus yetakchilarining muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

Rossiya va Belarus birlashadimi? Putin javobi

1 noyabrga qadar turli sohalarda integratsiya qilish uchun 28 taga yaqin yo‘l xaritasi, 2020-yil o‘rtasiga kelib yagona qonunchilik,  2021-yildan esa yagona qoidalarga muvofiq ishlaydigan neft va gaz, qishloq xo‘jaligi, sanoat va transport bozorlarini ishga tushirishni ishlab chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0