Rossiya va Belarus ittifoqchilikni yanada chuqurlashtiradi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishPrezident RF V.Putin provel rossiysko-belorusskie peregovori
Prezident RF V.Putin provel rossiysko-belorusskie peregovori - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Lukashenko va Putin uchrashuvida Rossiya va Belarusning yanada chuqurroq ittifoqlashish masalasi ko‘rib chiqiladi.

TOShKENT, 17-iyun – Sputnik. Putin va Lukashenkoga 25-iyun kuni Rossiya va Belorussiyaning integratsion dasturi taqdim etiladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti,

Belorussiya  parlamenti quyi palatasi spikeri Vladimir Andreychenko aytishiga qaraganda ayni damda ikki davlat mutaxassislari ushbu dastur ustida ishlamoqda.

“Bu borada Rossiya va Belorussiya prezidentlari farmonlari olingan. Hukumatlar ushbu ustida ishlamoqda. Ularga 25-iyunga qadar ikki ittifoqchi davlat prezidentlariga integratsiyani yanada chuqurlashtirish bo‘yicha takliflar kiritish topshirilgan”, - dedi spiker ikki mamlakat parlamentlari qo‘shma majlisida.  

Xabarda aytilishiga ko‘ra, Rossiya va Belorussiya mutaxasslari avvalombor qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘llanilayotgan siyosat, oziq-ovqat mahsulotlarini markirovka qilish,  to‘lov tizimlarining xavfsizligini oshirish va tashqi ta’sirlardan himoyalash sohalarida intergratsion takliflar tayyorashmoqda.

Yangiliklar lentasi
0