Kursantlar paxta terimiga jalb qilingani yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

© AFP 2023Sborshiki xlopka
Sborshiki xlopka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avvalroq ayrim internet nashrlari va ijtimoiy tarmoqlarda Bojxona instituti kursantlaridan paxta yig‘im terim mavsumiga ko‘ngilli asosda jalb etish bo‘yicha “tilxat”lar olinganligi to‘g‘risida xabarlar tarqalgan edi.

TOShKENT, 18 sen – Sputnik. Davlat bojxona qo‘mitasi kursantlarni paxta yig‘im terim mavsumiga jalb etilgani haqidagi xabarlarni soxta va asossiz deb atadi.

Qayd etilishicha, bugungi kunda Bojxona institutida o‘quv jarayoni tegishli ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv reja asosida uzilishlarsiz davom etmoqda.

Palatochniy gorodok dlya sborshikov xlopka v Sirdarye - Sputnik O‘zbekiston
Sirdaryoda paxta teruvchilar uchun "Hasharchilar shaharchasi" tashkil etildi

Institut kursantlarini paxta yig‘im terim mavsumiga jalb etish bo‘yicha biror bir buyruq qabul qilinmagan. Barcha shaxsiy tarkib o‘quv jarayonida to‘liq ishtirok etmoqda.

Avvalroq ayrim internet nashrlari va ijtimoiy tarmoqlarda Bojxona instituti kursantlaridan paxta yig‘im terim mavsumiga ko‘ngilli asosda jalb etish bo‘yicha “tilxat”lar olinganligi to‘g‘risida xabarlar tarqalgan edi.

"Paxtaga budjet tashkilotlari chiqmaydi": Mirziyoyev amaldorlarni hozirdan ogohlantirdi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda majburiy mehnatga jalb qilganlik uchun javobgarlik kuchaytirilgan. Qonunga muvofiq ma’muriy tartibda mehnatga jalb qilganlik uchun javobgarlik oshirilib, EKIHning 10 baravaridan 30 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilangan. Agar ushbu huquqbuzarlik takroran sodir etilsa EKIHning 30 baravaridan 100 baravarigacha jarima solinadi.

Yangiliklar lentasi
0