Bahrom Ashrafxonov yangi lavozimga tayinlandi

© SputnikPosol Uzbekistana v Rossiyskoy Federatsii Baxrom Ashrafxanov
Posol Uzbekistana v Rossiyskoy Federatsii Baxrom Ashrafxanov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hukumat qarori bilan Bahrom Ashrafxonov Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi direktori etib tayinlandi.

TOShKENT, 18 sen – Sputnik. Hukumat qarori bilan Bahrom Bahodirovich Ashrafxonov Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi direktori etib tayinlandi.

Baxrom Ashrafxanov - Sputnik O‘zbekiston
Budjet defitsiti imtiyozli kreditlar va obligatsiyalar yordamida qoplanadi

Ashrafxonov 2005-2007 yillarda moliya vazirining birinchi o‘rinbosari, 2007-2016 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligi boshlig‘i – moliya vaziri o‘rinbosari bo‘lgan.

2016-2018 yillarda O‘zbekiston Respublikasining Rossiya elchisi sifatida faoliyat yuritgan. 2018-2019 yillarda “O‘zbekneftegaz” AJ boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchi​si bo‘lgan.

Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda fuqarolarning davlat pensiya ta’minotini tashkil etish, fuqarolarga pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya to‘lovlari va boshqa to‘lovlarni tayinlash, pensiyalar va boshqa to‘lovlar miqdorlarining qayta hisoblab chiqilishini ta’minlash Jamg‘armaning asosiy vazifalaridan biridir.

Yangiliklar lentasi
0