Rossiyada iqtisodiyotning qator tarmoqlarida migrantlar ulushi qisqaradi

© Sputnik / Kirill KallinikovInostrannie rabochie u xostela
Inostrannie rabochie u xostela - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyada 2020-yilga qadar iqtisodiyotning qator tarmoqlarida migrantlar ulushini belgilash to‘g‘risidagi loyiha ishlab chiqildi

TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Rossiyada kelgusi yildan boshlab iqtisodiyotning qator tarmoqlarida chet ellik ishchilar ulushini qisqartirishmoqchi. Bu haqda RF Mehnat vazirligi axborot-xizmati ma’lum qilgan.

Vidacha pervix patentov v Yedinom migratsionnom sentre Moskovskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaning qaysi mintaqasida migrantlar uchun eng qimmat patent joriy etilgan?

Tegishli loyiha ijtimoiy-mehnat munosabatlarini tartibga solish bo‘yicha o‘tkazilgan navbatdagi yig‘ilishda ma’qullangan.

"Rossiyaning ijtimoiy-mehnat munosabatlarini tartibga solish bo‘yicha uchoqlama komissiyasi yig‘ilishida RF hukumatining "2020 yilda RF hududida iqtisodiyotning alohida turlari bo‘yicha faoliyat olib boruvchi xo‘jalik subyektlari tomonidan ishlatiladigan chet ellik ishchilar ulushini belgilash to‘g‘risidagi" qarori ma’qullandi", - deya aniqlik kiritildi idorada.

Loyiha migrantlar uchun 2019-yilda o‘rnatilgan normani saqlab qolishni taklif etadi. Ammo qurilish vazirligi taklifiga ko‘ra, Amur viloyati, Buratiya va Moskvada chet-ellik ishchilar kamayishi kutilmoqda.

Dog‘iston uchun 2020-yilda qurilish sohasida migrantlar ulushi alohida o‘rnatiladi va 50%ni tashkil etadi.

Shuningdek, Rossiya Qishloq xo‘jaligi vazirligi butun davlat miqyosida sabzavotlarni yetishtirish sohasida ham migrantlarning ulushini belgilashni taklif etdi.

Ta’kidlanishicha, migrantlar ulushining belgilab qo‘yilishi mehnat bozorining regional xususiyatlarini inobatga olgan holda ishchi kuchini jalb etishga hamda avvalo rossiyaliklarning ishga joylashishi ustuvorligini ta’minlashda yordam beradi.

Yangiliklar lentasi
0