Hindistonga noqonuniy oltin yetkazib berayotgan guruh qo‘lga olindi

© INDRANIL MUKHERJEE / AFPZolotie ukrasheniya
Zolotie ukrasheniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda noqonuniy oltin qazib olib, uni xorijiy mamlakatlarga olib chiqish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh qo‘lga olindi.

TOShKENT, 16 sen - Sputnik. O‘zbekiston Davlat xavfsizligi xizmati xodimlari noqonuniy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan jinoiy guruhni qo‘lga oldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

“MXX xodimlari Navoiy viloyati va Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbiri doirasida, uyushgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘ydi”, - deyilgan MXX xabarida.

Ushbu guruh a’zolari noqonuniy ravishda oltin qazib olish, ulardan zargarlik buyumlari tayyorlash va ularni yashirin holda Hindistonga olib o‘tish bilan shug‘ullanib kelishgan.

Denejnie kupuri: dollari SShA - Sputnik O‘zbekiston
Chegarada salkam 700 ming dollar naqd pul va 7 kg oltin ushlandi

Ayni damda guruh a’zolari hibsga olingan bo‘lib, tergov ishlari oxiriga qadar ularning ism familiyalari oshkor qilinmasligi aytib o‘tilgan. Qo‘lga olish vaqtida jinoyatchilar yonidan zargarlik buyumlari, ularni tayyorlash uskunalari va naqd xorijiy valyuta topilgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Hindistonga, turkiya va Ozarbayjonga yo‘l olgan yo‘lovchilar turli yo‘llar bilan oltin va boshqa qimmatbaho buyumlarni olib chiqib ketayotgan vaqtida qo‘lga olingani haqida xabar bergan edik. Kimdir oyoq kiyimi ostiga, kimdir kamari ichiga, yana birov oltin buyumni oq yoki qora bo‘yoq bilan bo‘yab olgan holda va hatto oshqozon ichiga yashirib olib ketayotgan vaqtida qo‘lgan olingan edi.

Yangiliklar lentasi
0