Chegarada salkam 700 ming dollar naqd pul va 7 kg oltin ushlandi

© Sputnik / Mixail Kutuzov / Mediabankka o‘tishDenejnie kupuri: dollari SShA
Denejnie kupuri: dollari SShA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Aprel oyida O‘zbekiston chegarachilari 131 nafar chegarabuzarlar va 1,5 mlrd so‘mlik kontrabandani mollari qo‘lga olingan.

TOShKENT, 16-may — Sputnik. O‘zbekiston Chegaradachilari katta miqdorda naqd pul va qimmatbaho metallarning Respublika hududidan olib chiqib ketilishining oldini olishdi, deb xabar qilmoqda MXX matbuot xizmati. 

Kontrabanda zolota - Sputnik O‘zbekiston
Chegarada yashirincha olib o‘tilayotgan 12,5 kg oltin ushlandi

O‘zbekiston Chegara qo‘shnlari Andijon viloyati Paxtaobod tumanining chegara yaqinida joylashgan Yolg‘izbog‘ qishlog‘ida ikki nafar kontrabandachini qo‘lga olishgan.

Jinoyatchilar chegara orqali Qirg‘iziston hududiga 694 ming dollar va 6,8 kg oltinni  olib chiqib ketmoqchi bo‘lishgan. Ushbu ish yuzasida jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Ushbu yilning aprel oyida O‘zbekiston chegarachilari 131 nafar chegarabuzarlar va 1,5 mlrd so‘mlik kontrabandani mollari qo‘lga olingan. Jumladan Tojikiston chegarasida 12 nafar, Qozog‘iston chegarasida 62 nafar, Afg‘oniston va Turkmaniston chegaralarida 3 nafardan chegarabuzarlar qo‘lga olingan.

Yangiliklar lentasi
0