TOSHKENT, 13 sen – Sputnik. Oʻzbekiston delegatsiyasi Misrga tashrif buyuradi.
TIV xabarida aytilishicha, 2019 yilning 15-16 sentyabr kunlari Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari Dilshod Axatov boshchiligidagi delegatsiya Misr Arab Respublikasiga tashrif buyuradi.
Qohira shahrida Oʻzbekiston delegatsiyasi Oʻzbekiston-Misr vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi bosqichida ishtirok etadi.
Shuningdek, qator ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar oʻtkazish rejalashtirilgan.