O‘zbekiston OZXO anjumaniga taklif qilindi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovFlag Uzbekistana
Flag Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sentabr oyining birinchi yarmida Kimoviy qurolni ta’qiqlash bo‘yicha xalqaro tashkilot (OZXO)da O‘zbekistonning doimiy vakili Dilyor Xakimov Niderlandiyaning Raysvik shahrida joylashgan tashkilotga qarashli maxsus laboratoriyada bo‘lgan

TOShKENT, 15 sen - Sputnik. O‘zbekiston Kimoviy qurolni taqiqlash bo‘yicha xalqaro tashkilotning 24-anjumaniga taklif qilindi, deb xabar qilgan TIV matbuot-xizmati.

Gorod Solsberi v Velikobritanii, gde bili otravleni S. Skripal i yego doch - Sputnik O‘zbekiston
KQTT Skripallar nima bilan zaharlanganini aniqladi, lekin aytmaydi

Sentabr oyining birinchi yarmida Kimoviy qurolni ta’qiqlash bo‘yicha xalqaro tashkilot (OZXO)da O‘zbekistonning doimiy vakili Dilyor Xakimov Niderlandiyaning Raysvik shahrida joylashgan tashkilotga qarashli maxsus laboratoriyada bo‘lgan.

O‘zbekiston tomoni laboratoriya ishi, uning texnik imkoniyatlari va personali bilan tanishgan. Xususan, OZXO laboratoriyaning kimoviy moddalar tahlili bo‘yicha mavjud imkoniyatlari haqida gapirib berishgan.

Tadbir davomida O‘zbekiston tomoniga 25-29 noyabr kunlari Gaaga shahrida o‘tkaziladigan OZXO ishtirokchi-davlatlarining 24-anjumanida ishtirok etish to‘g‘risida taklifnoma taqdim etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kimoviy qurolni taqiqlash tashkiloti (OZXO)ning asosiy vazifasi kimoviy quroldan foydalanishdagi ta’qiqlarga rioya qilishini nazorat qilish, kimoviy qurollar zahirasini yo‘q qilish, davlatlarni kimoviy quroldan himoya qilish va bu kabi qurollarning tarqalmasligini ta’minlashdan iborat.

Yangiliklar lentasi
0