KQTT Skripallar nima bilan zaharlanganini aniqladi, lekin aytmaydi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishGorod Solsberi v Velikobritanii, gde bili otravleni S. Skripal i yego doch
Gorod Solsberi v Velikobritanii, gde bili otravleni S. Skripal i yego doch - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
KQTT bayonotidan keyin Buyuk Britaniya BMT Xavfsizlik kengashini chaqirmoqda, uchrashuv kelgusi haftada o‘tkaziladi, ammo Rossiyada bayonotga nisbatan qator savollar tug‘ilgan

TOShKENT, 12 apr — Sputnik. Kimoviy qurolni ta’qiqlash tashkiloti (OZXO) payshanba kuni RBB sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliya zaharlangan modda haqida doklad e’lon qildi — ekspertlar zaharli substansiya nomini sir saqlashdi, lekin analizlar tahlili Londonning ushbu modda tabiati haqidagi xulosalarini tasdiqlashini ma’lum qilishdi.

Natsionalniy flag Kitaya - Sputnik O‘zbekiston
Xitoy "Skripal ishi" tufayli sovuq urush fikrlaridan voz kechishga chaqirdi

KQTT bayonotidan keyin Buyuk Britaniya BMT Xavfsizlik kengashini chaqirmoqda, uchrashuv kelgusi haftada o‘tkaziladi, ammo Rossiyada bayonotga nisbatan qator savollar tug‘ilgan.

Rossiya va Buyuk Britaniya munosabatlari britaniyaning Solsberi shaharchasida yuz bergan "Skripal ishi" deb nom olgan hodisadan keyin keskin o‘tkir tus oldi. Britaniya tomonning ta’kidiga ko‘ra, Skripallarning asab tolalarini falaj qiluvchi, Britaniya hukumati tomonidan "Novichok"ka tenglashtirilgan A234 moddasi bilan zaharlanishida Rossiya davlatining qo‘li bor. Rossiya buni qat’iy inkor etmoqda.

Zaharlanish bilan bog‘liq shov-shuvlar tufayli Buyuk Britaniya, AQSh va Kanada, shuningdek, Yevropaning qator mamlakatlari, xususan, Fransiya, Germaniya, Italiya, Polsha, Boltiqbo‘yi davlatlari, Ukraina, Moldaviya 100dan ziyod rossiya diplomatlarini chiqarib yubordi.

Nomsiz modda

KQTT ekspertlari Skripallarga nisbatan qilingan hujumda zaharli kimoviy moddadan foydalanilganini aniqladilar. Doklad mualliflari modda o‘ta yuqori darajada toza bo‘lganini ta’kidlashgan. Substansiyada qorishmalar mutlaqo mavjud bo‘lmaganligi asosida shunday xulosaga kelingan.

Perviy zamestitel predsedatelya komiteta Soveta Federatsii RF po mejdunarodnim delam Vladimir Djabarov - Sputnik O‘zbekiston
Jabarov: "Skripal ishi" mojarosi Meyning karyerasiga nuqta qo‘yishi mumkin

Shu bilan birga hujjatda "aniqlangan zaharli kimoviy moddaning nomi va tarkibi faqatgina tashkilot a’zolari uchun ochiq bo‘lgan kotibiyatning maxfiy bayonotida mavjudligi" aytib o‘tilgan.

RIA Novosti Britaniya TIVga murojaat qilib, "Skripal ishi" bo‘yicha KQTT tomonidan e’lon qilingan bayonotda "Novichok" nomi uchraydimi deya savol bergan. Ammo Britaniya Tashqi ishlar vazirligi agentlikning ushbu savoliga javob berishdan bosh tortgan.

"Dokladning to‘liq matni KQTT tomonidan maxfiylashtirilgan, shu bois biz bu borada hech qanday izoh bera olmaymiz", — deb ta’kidlagan Britaniya TIV vakili.

London BMT XKni chaqirmoqda

Buyuk Britaniya 18-aprel kuni Solsberida yuz bergan hodisa bo‘yicha keyingi qadamlarni muhokama qilish uchun 18-aprel kuni OZXO ijroiya kengashi majlisini chaqirishga da’vat qildi.

"Biz bu kabi qurolning qo‘llanilishiga nuqta qo‘yish uchun hamkorlarimiz bilan tinimsiz ishlaymiz. Keyingi qadamlarni muhokama qilish uchun KQTT ijroiya kengashi sessiyasini chaqirmoqdamiz. Kreml javob berishi kerak", — deyiladi RIA Novostiga kelib tushgan Buyuk Britaniya TIV rahbari bayonotida.

Bundan tashqari London kelgusi haftada BMT XK majlisi o‘tkazilishini ham so‘ragan.

Rossiya reaksiyasi

RF TIV vakili Mariya Zaxarova KQTT hisobotidagi qator nizomlar "rossiyalik ekspertlarda savollarni keltirib chiqarmoqda, va tabiiyki qo‘shimcha ishlovni talab etadi, shu jumladan britaniya tomonidan ham".

Sotrudniki britanskix spesslujb na meste otravleniya Sergeya Skripalya - Sputnik O‘zbekiston
Skripallar oilasi yangi ismlar ostida AQShga ko‘chib o‘tishi mumkin

Zaxarovaning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaga KQTT ekspertizasi materiallariga yo‘l ochilmas ekan, Moskva Skripal ishi bo‘yicha chiqarilgan allaqanday xulosalarga ishonmaydi.

"Bu yerda gap ishonchda ham emas, bu yerda gap aniq materiallar bilan ishlash haqida bormoqda. Olingan qisman ma’lumotlar asosida xulosalarga va kimningdir nomidan nimadir aytib chiqayotganlarga ishonish endi mumkinmas. Biz shunchaki u yoki bu tarzda rasmiy London tomonidan qo‘llab-quvvatlab turilgan dezinformatsiya oqimida g‘arq bo‘layapmiz. Shu bilan birga bu Buyuk Britaniya maxsus xizmatlari tomonidan Rossiya Federatsiyasiga qarshi o‘ta qo‘pol fitnaning davomi emasligiga ishonmaslikka ham asos yo‘q", — dedi u.

Yangiliklar lentasi
0