Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida yana olomon to‘planmoqda. Mojaro sababi nimada?

© Sputnik / Amir Isayev / Mediabankka o‘tishStrani mira. Tadjikistan
Strani mira. Tadjikistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Laylak tumani rahbarlari to‘qnashuvlar oldini olish maqsadida, fuqarolar orasida tushuntirish ishlarini olib borishmoqda. Chegaraoldi hududi hokimi ham uchrashuvga taklif etilgan, ammo u hozircha kelmagan.

TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Botken viloyati Oq-soy qishlog‘ida tojikistonliklar belgilab olinmagan chegara hududini yopmoqchi, bu haqda Katran qishloq kengashi rahbari Saparali Borubayev xabar qilgan. Sputnik Qirg‘iziston xabari asosida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ertalab tojikiston tomondan santexnika kelib, yo‘lga bir mashina shag‘al to‘kib ketgan.

Strani mira. Tadjikistan - Sputnik O‘zbekiston
Tojikiston chegarasida yuz bergan janjal tufayli 315 qirg‘iz evakuatsiya qilindi

"Ular beton quyib, yo‘lni yopishmoqchi edi. Bu belgilanmagan hudud, shu bois, bir tomonlama tartibda uni to‘sish mumkin emas. yuzdan oshiq qirg‘izistonliklar o‘sha tomonga yo‘l olishdi. Tinch muzokaralarni istaymiz. Umid qilamanki, hukumat bu masalaga yechim topadi", - deb aytgan Borubayev.

U shuningdek, agar yo‘l to‘silsa, Laylak tumanining uchta ovulida avtomobil harakati to‘xtab qolishini qo‘shimcha qildi.

Laylak tumani hokimi Baymurat Bekmuratov Maksat qishlog‘idagi qurilish ishlari haqida gapirib o‘tdi.

"Chegara oldi maydonidagi qurilish ishlari noqonuniy. Ammo bizlarning noroziligimizga qaramay, ular qurilish ishlarini to‘xtatmadilar. Mojaro bo‘lmasligi uchun, fuqarolarimiz o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borapmiz. Tojikistonning chegara oldi hududidan hokimni taklif qilgan edik, ammo u hozircha kelmadi", - degan u.

Hozirga qadar olingan ma’lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda tushuntirish ishlari olib borilmoqda, Chegara xizmati rahbarlari darajasidagi muzokaralar o‘tkaziladi.

Yangiliklar lentasi
0