TOShKENT, 23-iyul — Sputnik. Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasidagi mojaro tufayli chegaraoldi zonasida joylashgan Oq-Soy va Kapchigay qishloqlari yashovchilari evakuatsiya qilindi, deb xabar berdi Oq-Soy rahbari Saatbek Anarov.
Qizil yarim oy milliy jamiyati axborotiga ko‘ra, Batkenga 315 kishi olib kelingan: 55 nafari qarindoshlarinikiga ketgan, 260 nafari maktab va litseylarda tashkil etilgan vaqtinchalik lagerlarda joylashtirilgan. Evakuatsiya qilinganlarning aksariyati - bolalar va ayollar.
"Qizil yarim oy FVV taklifiga binoan vaqtinchalik ko‘chirilgan fuqarolar uchun beshta palatka, shuningdek, suv, oziq-ovqat mahsulotlari va gospitalizatsiya qilinganlar uchun kiyim-kechaklar taqdim etdi", - deb xabar qildi Anarov.
Hodisa yuz bergan joyga Qirg‘iziston bosh vaziri o‘rinbosari Jenish Razakov va Chegara oldi davlat xizmati rahbari Ularbek Sharsheyev yetib borgan.
Dushanba kuni kechqurun qirg‘iz-tojik chegarasida kechqurun qurol ishlatilgan mojaro yuz berdi. Qirg‘iziston davlat chegara xizmati ma’lumotiga ko‘ra Tojikiston Voruz qishlog‘i aholisi aholi punktiga kirish joyiga bayroq o‘rnatmoqchi bo‘lishgan, Oq-Soy (Qirg‘iziston) qishlog‘i ahli esa bunga qarshi chiqishgan. Og‘zaki tortishuv davomida tomonlardan biri qurol ishlatgan. Davlat chegara xizmati ma’lumotiga ko‘ra, qurol fuqarolardan biri tomonidan ishlatilgan bo‘lishi mumkin, chunki o‘q ov miltig‘idan uzilgan. Dastavval besh nafar jabrlanganlar haqida xabar berilgan edi, so‘ngra ular soni 14 nafargacha yetdi.
Sal vaqt o‘tgach idora qirg‘iz-tojik chegarasidagi ahvol murakkab ekanligini, ammo holat nazoratga olingani to‘g‘risida axborot bergan.
DChX ma’lumotiga ko‘ra, seshanba kuni ertalabga kelib holat stabillashgan.