O‘zbekiston tarixi – josus nazarida

© UzABuxoro yoxud Movorounnahr tarixi
Buxoro yoxud Movorounnahr tarixi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 19-asrda Markaziy Osiyoga josuslik maqsadida sayohat qilgan vengriyalik Arminiy Vamberining kitoblaridan biri chop etildi.

TOShKENT, 10-iyun – Sputnik. Yaqinda “Info Capital Group” nashri tomonidan O‘zbekiston tarixi haqida qiziqarli kitob  chop etildi, deb xabar qilmoqda O‘zA.

Bu kitob vengriyalik sayohatchi va olim Arminiy Vamberining “Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi” nomli asarining o‘zbek tiliga tarjimasidir. Asar tarjimon Sirojiddin Ahmad tomonidan rus tilidan o‘zbek tiliga o‘girilgan. U yerda yetishmagan va rus olimlari tomonidan qisqartirilgan joylari asarining ingliz va nemis tilidagi nusxasi asosida to‘ldirilgan.

Quyida ushbu noyob kitob qanday paydo bo‘lgani va uning muallifi Arminiy Vamberi haqida to‘xtalib o‘tamiz.

© Commons.wikimediaArminiy Vamberi 1905-yil
O‘zbekiston tarixi – josus nazarida - Sputnik O‘zbekiston
Arminiy Vamberi 1905-yil

Arminiy Vamberi (yoki German Bamberger) 1832-yilda Budapeshtda kambag‘al yahudiylar oilasid tug‘iladi. U 5 yoshidan boshlab onasiga yordam berishga majbur bo‘ladi. Keyinchalik u yahudiylar maktabida, undan so‘ng esa Sankt-Georgen monastiriga o‘qishga kiradi.

U yerda Vamberida lingvistikaga juda katta qiziqish uyg‘onadi. U tez orada, nemis, fransuz va ingliz tillarini o‘rganib oladi. Undan tashqari Vamberi turk tili Usmoniylar davlati madaniyati va she’riyatiga katta qiziqish uyg‘onadi.

20 yoshida Vamberi ilk bor Istambulga keladi, u yerda u Turk ulamolarining farzandlariga nemis va fransuz tillaridan dars berish evaziga kun ko‘radi. 1858  yilda Vamberi o‘zi tuzgan turkcha – nemischa lug‘atini chop etadi. Shundan so‘ng u “vengr tili turk tilidan kelib chiqqan” mavzusida ilmiy ish ham yozadi.

© ELWANYYLDYZArminiy Vamberi
O‘zbekiston tarixi – josus nazarida - Sputnik O‘zbekiston
Arminiy Vamberi

Istambulda Vamberi nafaqat turk tilini, balkim musulmoncha urf-odatlarni, namoz o‘qishni, kiyinishni va boshqa sharqona millatlarga xos barcha amallarni o‘rganadi. Kelib chiqishi yahudiy (qora soch, soqolli)  bo‘lgan Vamberi yaxtak ishton va salla o‘rab ko‘chada yurganda kishilar unga “afandim” deb murojaat qilishadigan bo‘ladi.

Shundan so‘ng u Istambul va Tehrondagi Britaniya elchixonalari bilan aloqa o‘rnatib ularga o‘z xizmatlarini taklif qiladi. 1863-yilning may oyida Vamberi “Rashid afandi” nomi ostida darvesh kiyimida yo‘lga chiqadi.

© TwitterArminiy Vamberi
O‘zbekiston tarixi – josus nazarida - Sputnik O‘zbekiston
Arminiy Vamberi

1863 yilning 30-mayida ham josus ham olim Vamberi Xiva orqali Markaziy Osiyo hududiga kirib keladi. Bu yerda u yo‘llar, suv havzalari, Xiva va Buxoro davlatlari tuzilishi, ularning armiyasi, o‘zaro siyosiy munosabatlari haqida ma’lumot jamlaydi.

Shavkat Mirziyoyev posetil mesto stroitelstva Sentra islamskoy sivilizatsii - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev: mamlakatimizdagidek boy tarix, bobolarimizdek buyuk allomalar hech qayerda yo‘q

Shu bilan birga Vamberi markaziy Osiyo tarixi, madaniyatiga oid qo‘lozmalar va tarixiy kitoblarni xarid qilish bilan shug‘ullanadi. U Xivadan so‘ng, Buxoro, keyin Samarqandga yo‘l oladi.

Vamberining Markaziy Osiyoga sayohati 6 oy davom etadi. 1863-yilning noyabr oyi o‘rtalarida u katta karvonga qo‘shilib Eronga qaytadi. Undan so‘ng Istambulga va Budapeshtga qaytib, to‘plagan materiallari asosida kitoblar chop eta boshlaydi.

Xususan, uning “O‘rta Osiyo bo‘ylab sayohat” kitobi Londonda 1864-yilda, “O‘rta Osiyo ocherklari”, 1868-yilda, “Chig‘atoy tilidan qo‘llanma” 1867-yilda, “Buxoro yoki Transoksaniya tarixi” 1873-yillarda chop etiladi.

Xo‘sh, Vamberining ushbu asarlarini qanday baholash mumkin? Bu faktlar va xulosalarga boy ilmiy ishlarmi yoki oddiy sayohatchi kundaligimi? - U ham emas bu ham emas.

Vamberi o‘z kitobida musulmonchilik va o‘zbeklarni unchalik xush ko‘rmagani sezilib turadi, deyishadi uning kitobini o‘qigan va tarjima qilgan olimlar.  

“Rashid afandi” sayohat xotiralarida Turkistonning ma’naviy-ijtimoiy, siyosiy va harbiy hayotiga oddiy sayohatchi ko‘zi bilan emas, balki harbiy tekshiruvchi nazari bilan qaraydi. Agarda haqiqiy sharqshunos olim yoki faylasuf bo‘lganida masalaga biroz boshqacharoq, aytish mumkinki kengroq qarardi”, - deb yozadi asar tarjimoni Sirojiddin Ahmad.  

2005 yilda Britaniya razvedkasi maxfiylik muddati tugagan hujjatlarni ochiqlaganda Vamberining O‘rta Osiyoga qilgan ushbu sayohati davomida Britaniya razvedkasi buyurtmasini ham bajargani ma’lum bo‘lgan edi. Undan tashqari sayohatdan so‘ng Vamberiga Britaniya hukumati 49-yil davomida nafaqa to‘lagani ham fakt.

Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, Vamberi hayoti davomida 4 marotaba o‘z dinini o‘zgartirgan – yahudiylik va islom dini orasida. Aytimoqchi uning o‘g‘lining ismi – Rustam Vamberi bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0