TOShKENT, 13 sen – Sputnik. Sunatulla Xusanovich Bekenov prezident qarori bilan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori etib tayinlandi.
Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali xabar qildi.
S.X.Bekenov shu kunga qadar Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-sentabrdagi qaroriga asosan Sherzod Negmuratovich Batirov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining o‘rinbosari etib tayinlandi.
Shuningdek, hukumat qarori bilan Nozima Alimjanovna Fayzibayeva Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.