Sergeli tumaniga yangi hokim tayinlandi

© Sputnik / Aleksey DrujininPortfel s dokumentami
Portfel s dokumentami  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Baxtiyor Shomurodov Sergeli tumani hokimi etib tayinlandi. Bugunga qadar Baxtiyor Abduvohidovich Shomurodov Yakkasaroy tumani hokimi bo‘lib ishlab kelgan.

TOShKENT, 13 sen – Sputnik. Baxtiyor Shomurodov Sergeli tumani hokimi etib tayinlandi.  Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Nozim Xusanov, ministr zanyatosti i trudovix otnosheniy - Sputnik O‘zbekiston
Mehnat vaziri lavozimiga Nozim Husanov tasdiqlandi. U haqda nimalar bilamiz?

Bugunga qadar Baxtiyor Abduvohidovich Shomurodov Yakkasaroy tumani hokimi bo‘lib ishlab kelgan. Unga qadar davlat soliq qo‘mitasi, Toshkent shahar va Sergeli tuman hokimliklarida, Toshkent shahar Turizmni rivojlantirish departamentida rahbarlik lavozimlarida ishlab kelgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq deputatlar Sergeli tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Nozim Husanov nomzodini Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimiga ma’qullashgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0