TOShKENT, 13 sen – Sputnik. Markaziy bank rahbariyati Osiyo taraqqiyoti banki delegatsiyasi bilan xalqaro kapital bozoriga milliy valyutadagi obligatsiyalarini chiqarish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishga oid masalalar muhokama qildi. Bu haqda MB matbuot xizmati xabar qildi.
Uchrashuv davomida tomonlar OTBning milliy valyutaga oid ofshor obligatsiyalarini chiqarish orqali loyihalarni moliyalashtirishda hamkorligiga doir bir qator masalalarni ko‘rib chiqdilar.
OTB kelgusida pul (valyuta) bozoriga instrumentlarni joriy qilish orqali ichki bozordagi operatsiyalarini sezilarli kengaytirishi mumkinligi belgilab olindi.
Shuningdek, tomonlar OTB va Markaziy bank o‘rtasidagi hamkorlik, xususan, texnik ko‘mak va salohiyatni rivojlantirish masalalarini ham muhokama qildilar.