Kanadada ro‘mol o‘ragan o‘qituvchilar ishdan bo‘shatildi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishmusulmanki
musulmanki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ro‘mol o‘ragan o‘qituvchilarni ishdan bo‘shatilishi Kanadada shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Ushbu voqeadan keyin mamlakat musulmonlar milliy kengashi sudga murojaat qildi.

TOShKENT, 13 sen – Sputnik. Kanadaning Monreal shahrida ikkita o‘qituvchi dars vaqtida hijobda bo‘lgani uchun ishdan haydaldi.Bu haqda Turkiyaning Daily Sabah gazetasi xabar qildi.

Shkolnisi Tadjikistana v atlase - Sputnik O‘zbekiston
Tojikiston maktab o‘quvchilar kiyinish talablari: qizlarga hijob, kalta yubkalar mumkin emas

Kanadaning Kvebek provinsiyasida diniy belgilarni taqib yurishni taqiqlash haqida qonun kuchga kirdi. Bu talab davlat xizmatchilari, o‘qituvchilar, shifokorlar, advokatlar va avtobus haydovchilarga tegishli.

Monreal o‘qituvchilar uyushmasining raisi Ketrin Bove-Sen-Per ta’kidlashicha, musulmon o‘qituvchilarga hijobni yechish yoki ishdan bo‘shash tanlovi berilgan.

Shu o‘rinda Kvebek ta’lim vaziri yangi qoidalarga rioya qilish kerakligini ta’kidlamoqda.

"Har bir maktab kengashi qonunga rioya qilishi kerak. Intizomiy jazoga tortilishni istamaganlar uchun hijobni yechish va o‘z ishini bajarish imkoniyati mavjud", - deydi u.

Shuningdek, aks holda maktab jarimaga tortilishi mumkinligi va qonunni bajarishni rad etganlar ishdan bo‘shatilishi kerakligini ta’kidladi.

Ushbu voqeadan so‘ng, bu qonun loyihasiga qarshi bo‘lgan Kanada musulmonlarining milliy kengashi (NCCM) qonunni bekor qilish talabi bilan Kvebek Oliy sudiga murojaat qildi.

Yangiliklar lentasi
0