Tojikiston maktab o‘quvchilar kiyinish talablari: qizlarga hijob, kalta yubkalar mumkin emas

© SputnikShkolnisi Tadjikistana v atlase
Shkolnisi Tadjikistana v atlase - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikistonlik maktab o‘quvchi qizlarga kalta va tor yubkalar, hijob kiyib yurish va haddan ziyod yorqin bo‘yanish taqiqlandi. Yigitlarga esa boshqa davlatlarning ramzlari chizilgan futbolka kiyish va soqol qo‘yib yurish ruxsat berilmaydi

TOShKENT, 16 avg — Sputnik. Tojikiston ta’lim va fan vazirligi maktab o‘quvchilarining formasi bo‘yicha yagona rasmiy talablarni taqdim etdi, deb xabar qildi Sputnik Tojikiston.

Ulugbek Inoyatov - Ministr Narodnogo obrazovaniya - Sputnik O‘zbekiston
Xalq ta’limi vaziri yangi o‘quv yilidagi muhim o‘zgarishlar haqida aytib berdi

Talablarga ko‘ra, endilikda o‘quvchi qizlarga kalta va tor yubkalar hamda hijob kiyib yurish taqiqlanadi. Shuningdek, yorqin bo‘yanish, uzun tirnoq qo‘yib yurishga va quloqda bir juftdan ortiq ziraklarni taqishga ruxsat berilmaydi. Qizlar uzuk taqishdan ham voz kechishlari kerak bo‘ladi.

Shu bilan birga, o‘quvchi qizlarga  darslarda milliy ro‘mollar va do‘ppilarda kelishga ruxsat berilgan.

Yigitlar uchun ham cheklovlar mavjud: ularga soqol va uzun soch qo‘yib yurish mumkin emas.

Shuningdek, yigit va qizlarga maktabga yirtiq jinsi, reklama yoki boshqa davlatlarning ramzlari tushirilgan futbolkalarni kiyib yurish taqiqlandi. Sport kiyimini faqat jismoniy tarbiya va shanbalik o‘tkazish paytlarida kiyib yurishga ruxsat berilgan.

Bayram kunlari maktab o‘quvchilari kostum-shim, kofta-yubkalarda yurishlari shart: yigitlar ko‘k yoki boshqa to‘q rangdagi kostum va botinka, oq kuylak va galstuk kiyish tavsiya etilgan. Qizlar esa ko‘k yoki boshqa to‘q rangdagi tizzadan tushib turadigan yubkalar, shu rangdagi tuflilar, oq kuylak va galstuk kiyishlari mumkin. Shuningdek, qizlarga milliy liboslarda yoki adrasda yurishga ruxsat berilgan.

Yangiliklar lentasi
0