"Pole chudes" boshlovchisi ta’tildan nogironlar aravachasida qaytdi

© Foto: GoskomturizmaLeonid Yakubovich pobival v Buxare
Leonid Yakubovich pobival v Buxare - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Taniqli teleboshlovchi dam olish vaqtidan olgan jarohatdan so‘ng shifokorlar ko‘rigidan o‘tib turishga majbur, shu bilan birga "Pole chudes" ko‘rsatuvining yangi mavsumiga tayyorgarlikni tashlab qo‘ygani yo‘q.

TOShKENT, 11 sen — Sputnik. "Pole chudes" dasturi boshlovchisi Leonid Yakubovich Chernogoriyadagi ta’tildan nogironlar aravachasida qaytdi. Bu haqda Super internet-portali xabar bermoqda.

Aleksandr Vasilyev - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyalik mashhur boshlovchi O‘zbekistonni hech qaysi davlatga alishmasligini aytdi

Hozirda 74 yoshda bo‘lgan teleboshlovchi, rafiqasi bilan Tivat shahrida video suratga olgan. Unda Yakubovich Moskvaga uyiga nogironlar aravachasida qaytayotgani aks etgan.

Teleyulduz yordamchisi so‘zlariga ko‘ra, Yakubovich Chernogoriyada dam olgan va u yerda basseynda cho‘milib, suvdan chiqayotgan vaqtda tizzasini urib olgan. Shundan so‘ng, tizzasi ishib ketgan, singan bo‘lishi mumkin, degan taxminlar ham yo‘q emas edi. Shu bois, u nogironlar aravachasi yordamida harakatlanishga o‘tgan.

"Moskvalik shifokorlar sinishni tasdiqlashmadi, faqat qattiq shikastlangan ekan", - deb aytdi Yakubovichning vakili.

Hozirda teleboshlovchi tizzasini davolatmoqda va "Pole chudes"ning navbatdagi mavsumiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Yangiliklar lentasi
0