Rossiyalik mashhur boshlovchi O‘zbekistonni hech qaysi davlatga alishmasligini aytdi

Obuna bo‘lish
"Modniy prigovor" boshlovchisi Aleksandr Vasilyev ko‘rsatuvning 20-aprel kunidagi "Moda tarixi: O‘zbekiston" deb nomlangan sonida tomoshabinlarga O‘zbekistonga safari va safardan olgan taassurotlari haqida so‘zlab berdi

TOShKENT, 21 apr — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Moda ixtirochisi Aleksandr Vasilyev O‘zbekistondagi moda tarixiga sayohat qilishni va o‘zbek milliy liboslari hamda taqinchoqlari bilan yaqindan tanishishga chorlamoqda, deb xabar qilingan "Modniy prigovor" ko‘rsatuvi rasmiy saytida.

Aleksandr Vasilyev - Sputnik O‘zbekiston
"Modniy prigovor" boshlovchisi Aleksandr Vasilyev O‘zbekistonda bo‘ldi
Ilgariroq, rus va fransuz modasi tarixchisi, san’atshunos Vasilyev O‘zbekistonda bo‘lgani haqida xabar qilgan edik. Buyuk Ipak yo‘li shaharlari bo‘ylab" deb nomlangan dastur doirasida san’atshunos O‘zbekistonning Xiva, Buxoro, Samarqand va Toshkent shaharlariga tashrif buyurgan edi.

"Tunika, xalat, sharovalar — bu sharqona uslub atributlari bo‘lib, allaqachon Yevropa moda olamida o‘z o‘rnini qozongan. Men sizlarni O‘zbekistonning sehrli moda o‘tmishiga sayohat qilishga chorlayman. Men yaqindagina O‘zbekistondan qaytdim, u yerga ko‘chma maktabim bilan birga tashrif buyurgan edim", — dedi ko‘rsatuv davomida Vasilyev.

"Sizlarga aytishim kerak, eng ajabtovur taassurotlar bilan qaytdim. Mamlakat ozoda, mazali taomlarning bisyorligini aytmaysmizmi… Va men bo‘lgan shaharlarning barchasi meni modaga oid kashfiyotlari bilan quvontirdi", — deya o‘zbek liboslarini tomoshabinlar e’tiboriga havola qilgan boshlovchi.

O‘zbek milliy matolariga to‘xtalar ekan, Vasilyev ular jozibador ornamentlari bilan betakrorligini qayd etdi.

© Instagram / alexandre_vassilievAleksandr Vasilyev
Aleksandr Vasilyev - Sputnik O‘zbekiston
Aleksandr Vasilyev

O‘zbekistonga safaridan g‘oyatda mamnunligini yashirmagan Vasilyev O‘zbekistonda amalga oshirgan xaridi Marokashdagidan ham afzalroqligini ta’kidladi. "Men dunyoning 70ta mamlakatida bo‘lganman. Va agar menga tanlash imkonini berishganida men aynan O‘zbekistonni tanlagan bo‘lar edim", — deb ta’kidladi u ko‘rsatuv davomida.

Yangiliklar lentasi
0