TOShKENT, 10 sen – Sputnik. Toshkent viloyati bosh imom-xatibi lavozimida ishlab turgan Xayrulloh domla Turmatov muftiy etib tayinlandi.
Sal oldin tarqalgan xabarlarga ko‘ra, muftiy Usmonxon Alimov bugun O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasida Bosh vazir Abdulla Oripiv boshchiligida O‘zbekiston Musulmonlari idorasi, uning viloyat vakilliklari xodimlari va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbariyati ishtirokida o‘tkazilayotgan majlisda ishdan olingan.
Manbalarning xabar berishicha, hozirda Toshkent viloyati bosh imom-xatibi lavozimida ishlab turgan Xayrulloh domla Turmatov muftiy etib tayinlangan.
Ayni vaqtda, O‘zbekiston musulmonlar idorasi muftiy Usmonxon Alimovning ishdan olinganligini rad etib chiqdi.
"Usmonxon Alimov hazratlari O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozimida ishlamoqdalar. Muftiy hazratlariga uzoq yillar mo‘min-musulmonlarimiz xizmatida bardavom bo‘lishlarini Alloh taboraka va taolodan so‘raymiz, deyilgan" idora xabarida.