TOShKENT, 9 sen - Sputnik. Checheniston rahbari Ramzan Qodirov G‘arb mamlakatlari nima sababdan uni yoqtirmasligini aytdi.
“Men mavjud bo‘lgan barcha sanksiya ro‘yxatlarida borman. Men uchun alohida biror narsa o‘ylab topish qoldi, xolos. Buning hammasi respublikamni, xalqimni va e’tiqodimni himoya qilganim sababli”, - deya Qodirov so‘zlaridan keltiradi RIA Novosti.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “adolat tarafida bo‘lganing tufayli dushmanlarningni bo‘lishi yoqimli”.
Checheniston rahbari sanksiyalar unga xalaqit bermasligin qo‘shimcha qilgan.
Shuningdek, u faqat bir marta Yevropaga – Germaniyaga borganini ta’kidlagan.
“G‘arbning boshqa mamlakatlariga bormaganman. Hech qachon u yerga borish istagim bo‘lmagan”, - degan Qodirov.
Ramzan Qodirov Ukrainadagi vaziyat tufayli AQSh va Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining qora ro‘yxatiga tushgan.