TOShKENT, 19 avg - Sputnik. Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘zining qo‘rquvlari haqida so‘zlab berdi.
“Men vijdon, or-nomus, qadr-qimmatni yo‘qotishdan qo‘rqaman. Boshqa hech narsadan qo‘rqmayman”, - dedi Qodirov dog‘istonlik jurnalist Ruslan Qurbonovga bergan intervyusida.
U kimdandir qo‘rqqanida xalqaro terrorchilarga qarshi kurashishda davom etmagan bo‘lishini ta’kidladi.
Shuningdek, u uning so‘zlari ijtimoiy tarmoqlarda “xoinlar, shaytonlar va tugmachali qahramonlar tomonidan” tez-tez noto‘g‘ri talqin qilinishini qo‘shimcha qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ramzan Qodirov 6 yashar bolakayni qo‘riqchilik xizmatiga ishga olgani xabar qilingan edi.