TOShKENT, 9 cyen – Sputnik. 2019-yilning 10-sentabr kuni Gruziya Tashqi ishlar vaziri David Zalkaliani boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahriga keladi.
TIV xabariga ko‘ra, tashrif dasturida O‘zbekiston Oliy majlisi senatida, Vazirlar mahkamasida va Tashqi ishlar vazirligida ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
“Mazkur muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ilmiy-texnik, turizm, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilish rejalashtirilgan”, - deyiladi xabarda.
Gruziya delegatsiyasi O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25-yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda ham ishtirok etadi.