TOShKENT, 17 apr — Sputnik. “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasi 2019-yil 16-iyuldan boshlab Toshkent- Tbilisi -Toshkent yo‘nalishida muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qildi.
Xabarda yozilishicha, ushbu yo‘nalishdagi qatnovlar haftasiga ikki marta, seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi:
Seshanba: HY-745 Toshkent 15:50 - Tbilisi 18:30
Seshanba: HY-746 Tbilisi 19:30 - Toshkent 23:50
Juma: HY-745 Toshkent 08:00 - Tbilisi 10:40
Juma: HY-746 Tbilisi 11:40 - Toshkent 16:00
Parvozlar zamonaviy A320 samolyotlarida amalga oshirilishi ta’kidlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentdagi Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportga ikkinchi Airbus — A320-251neo samolyoti olib kelingani haqida xabar qilgan edik. Airbus — A320-251neo samolyoti – fransuz kompaniyasining eng yangi samolyoti bo‘lib, u 150 yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan. Samolyot nomidagi “Neo” abbreviaturasi “New Engine Option”, ya’ni “yangi dvigatel bilan jihozlangan” ma’nosini anglatadi.