O‘zbekistonning ikki harbiy samolyoti Orenburg aerodromiga qo‘ndi

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaVoinskiy kontingent Uzbekistana pribil dlya uchastiya v uchenii "Sentr-2019"
Voinskiy kontingent Uzbekistana pribil dlya uchastiya v uchenii Sentr-2019 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Markaz – 2019” o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etish uchun 100ga yaqin O‘zbekiston harbiylari Orenburg shahriga yetib kelishdi.

TOShKENT, 8 sen – Sputnik. O‘zbekiston harbiy kontingenti “Markaz-2019” o‘quvlarida ishtirok etish uchun yetib keldi, deb xabar qilmoqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaVoinskiy kontingent Uzbekistana pribil dlya uchastiya v uchenii "Sentr-2019"
O‘zbekistonning ikki harbiy samolyoti Orenburg aerodromiga qo‘ndi - Sputnik O‘zbekiston
Voinskiy kontingent Uzbekistana pribil dlya uchastiya v uchenii "Sentr-2019"

“Kecha, 7-sentabr kuni O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy kontingenti 16-21 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan “Markaz-2019” qo‘mondonlik-shtab strategik o‘quvlarida qatnashish uchun Rossiya Federatsiyasining Orenburg viloyatiga yetib keldi.

Yuz nafardan ortiq harbiy xizmatchilar O‘zbekiston Harbiy-havo kuchlariga qarashli ikki dona S-295 harbiy transport aviatsiyasining samolyotlarida Rossiya Markaziy harbiy okrugining Orenburg viloyatidagi harbiy aerodromiga qo‘ndi”, - deyilgan xabarda.

Mehmonlar, rus urf-odatlariga ko‘ra, harbiy orkestr sadolari ostida iliq kutib olindi. Shu kunning o‘zida O‘zbekiston harbiy kontingenti o‘quv mashq shartlari doirasida yaratiladigan sharoitda shtab ofitserlari va harbiy xizmatchilarning hamkorlikda qo‘shin guruhlarining harakatlarini  rejalashtirish va tashkil etish bo‘yicha vazifalarni bajarish uchun Donguz poligoniga yo‘l oldi.

Uzbekskie voyennoslujashie na ucheniyax v Tadjikistane - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Tojikiston harbiylari Namanganda "terrorchilarni yo‘q qiladi"

Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu o‘quv mashg‘ulotlar jangovar tayyorgarlik masalalarida tajriba almashish, Markaziy Osiyo hududida vaziyatning keskinlashishining oldini olishda boshqaruv organlari ish mexanizmining yagona algoritmini ishlab chiqish hamda birgalikda operatsiyalarni bajarishda bo‘linmalar harakatlanish tartibini puxta rejalashtirish uchun xizmat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, strategik qo‘mondonlik-shtab o‘quvlarida sakkiz mamlakat – Rossiya, Qozog‘iston, Xitoy, Pokiston, Hindiston, Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonning  harbiy kontingenti ishtirok etmoqda.

Bir vaqtning o‘zida O‘zbekistondagi G‘urumsaroy poligonida O‘zbekiston va Tojikistonning bo‘linmalari shartli terrorchi guruhlarini yo‘q qilish bo‘yicha vazifalarni amalda bajaradi.

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaVoinskiy kontingent Uzbekistana pribil dlya uchastiya v uchenii "Sentr-2019"
O‘zbekistonning ikki harbiy samolyoti Orenburg aerodromiga qo‘ndi - Sputnik O‘zbekiston
Voinskiy kontingent Uzbekistana pribil dlya uchastiya v uchenii "Sentr-2019"

 

Yangiliklar lentasi
0