TOShKENT, 7 sen - Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Moskva va Kiyev o‘rtasidagi kelishuv doirasida qo‘lga olingan shaxslarning qaytarilganligi munosabati bilan tabrikladi.
AQSh yetakchisi bu voqelikni "tinchlik sari ehtimoliy ulkan qadam", deb atagan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya va Ukraina yoz oylari oxirida sudlangan va qo‘lga olingan shaxslarni ozodlikka chiqarish bo‘yicha ishlarni boshlab yuborgan edilar. RF prezidenti Vladimir Putin Sharqiy iqtisodiy forumda bu masala qisqa vaqtda hal etilajagini aytgan edi.
Bugun, shanba kuni, ushbu jarayon doirasida fuqarolar RF va Ukrainaga qaytdilar.
"Rossiya va Ukraina hozirgina kattagina miqdordagi asirlar bilan almashdilar. Juda yaxshi xabar, ehtimol tinchlik sari birinchi ulkan qadamdir. Ikkala mamlakatga tabriklar!" - deb yozgan Tramp o‘z Twitterida.