"Kuchli nazorat": O‘zbekistonda dorixonalarda videokameralar o‘rnatiladi

© Sputnik / Igor ZaremboJenshina pokupayet lekarstva v apteke
Jenshina pokupayet lekarstva v apteke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shuningdek, dorixonalarda 2021-yil 1-yanvarga qadar elektron tarzda retsept berish axborot tizimi joriy etiladi

TOShKENT, 7 sen - Sputnik. Dori vositalari noqonuniy aylanishining oldini olish choralarini kuchaytirish to‘g‘risida O‘zbekiston prezident qarori qabul qilindi.

Dorixona - Sputnik O‘zbekiston
Dorixonalarda mavjud bo‘lishi zarur bo‘lgan dorilar va tibbiy buyumlar ro‘yxati tuzildi

Qarorga ko‘ra, 2019-yil 1-dekabrdan boshlab kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ro‘yxatiga kiritilgan dorilarning chakana savdosi faqat ijtimoiy dorixonalar, tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan dorixonalar tomonidan amalga oshiriladi.

Hujjatda aytilishicha, kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ro‘yxatiga kiritilgan dorilar uchun yozilgan retseptlar dorixonalarda bir yil davomida saqlanadi; bemorga retseptli dorilarni retseptni rasmiylashtirmasdan tayinlash taqiqlanadi.

2020 yil 1-yanvardan boshlab dorilar va tibbiy buyumlarning savdo jarayonini uzluksiz ravishda videoga yozib olish va bir oy davomida video-yozuvlarni saqlash mazkur faoliyat uchun litsenziya talabi hisoblanadi va talabning muntazam bir yil davomida bir martadan ko‘p buzilishi litsenziyaning amal qilishini tugatish uchun asos bo‘ladi.

2021 yil 1-yanvarga qadar elektron tarzda retsept berish axborot tizimi joriy etiladi.

Mazkur axborot tizimi 2021-yil 1-martdan Toshkent shahrida, 2022-yil 1-martdan boshlab esa respublikaning barcha hududlarida majburiy ravishda qo‘llaniladi.

Mazkur ro‘yxat Hukumat tomonidan bir hafta muddatda tasdiqlanishi lozim.

Yangiliklar lentasi
0