Qozog‘istondagi XXR elchisi Xitoyga qarshi miting ortida kim turganini biladi

© AFP 2023 / RUSLAN PRYANIKOVPolitsiya Kazaxstana zaderjivayet protestuyushix prostiv avtoritarno rejima i dosrochnix prezidentskix viborov vo vremya oppozitsionnogo mitinga v Alma-Ate
Politsiya Kazaxstana zaderjivayet protestuyushix prostiv avtoritarno rejima i dosrochnix prezidentskix viborov vo vremya oppozitsionnogo mitinga v  Alma-Ate - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Elchi shuningdek, norozilik namoyishida qatnashayotgan odamlar ortida Qozog‘iston aholisi orasida Xitoyga qarshi negativ kayfiyatni olov oldirayotgan kuchlar turganini taxmin qildi.

Qozog‘istondagi Xitoy elchisi Chjan Sao Qozog‘istonning to‘rtta shahrida respublika hududida 55ta xitoy zavodlari tashkil etilishiga qarshi o‘tkazilgan mitinglarga izoh berdi. Sputnik Qozog‘iston xabari asosida.

Zamglavi MVD Yerlan Turgumbayev - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istonda Xitoy zavodlariga qarshi miting o‘tkazildi - video

"Men, albatta bu yangi masala emasligini bilaman. Bu masala vaqti-vaqti bilan ko‘tariladi va shov-shuvga aylantirilishga harakat qilinadi. Men bu mitinglarning umumiy foniga e’tibor qaratmoqchiman. Ular ikkala mamlakat tomonidan muhim tashrifga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilayotgan bir vaqtda yuz berdi. Shu bois, aniq aytishim mumkin-ki, bu kabi harakatlar ikkiyoqlama munosabatlardagi ushbu muhim voqeaga qarshi qaratilgan", - dedi diplomat.

Ta’kidlab o‘tamiz, Qozog‘iston prezidenti Kasim-Jomart Tokayevning Xitoyga tashrifi 11 va 12-sentabr kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda.

Elchi shuningdek, norozilik namoyishida qatnashayotgan odamlar ortida Qozog‘iston aholisi orasida Xitoyga qarshi negativ kayfiyatni olov oldirayotgan kuchlar turganini taxmin qildi.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda Xitoyning 55 ta zavodi quriladi degan mish-mishlardan so‘ng, mamlakat bo‘ylab norozilik aksiyalari o‘tkazildi. Ular Olma-ota, Aqto‘be, Nur-Sultonda qo‘llab-quvvatlandi. Xususan, o‘tgan dushanbada Qozog‘istondagi Janaozen shahar hokimligi binosi oldida yuzga yaqin odam to‘plandi. Yig‘ilganlar mamlakatda Xitoy fabrikalarini qurmaslik talabi bilan chiqishdi.

Yangiliklar lentasi
0