TOShKENT, 4 sen – Sputnik. O‘tgan dushanba kuni Janaozen shahar hokimligi binosi oldida yuzga yaqin odam to‘plandi. Yig‘ilganlar mamlakatda Xitoy fabrikalarini qurmaslik talabi bilan chiqishdi. Sputnik Qozog‘iston xabariga asosan.
Qozog‘istonda Xitoyning 55 ta zavodi quriladi degan mish-mishlardan so‘ng, mamlakat bo‘ylab norozilik aksiyalari o‘tkazildi. Ular Olma-ota, Aqto‘be, Nur-Sultonda qo‘llab-quvvatlandi.
Qozog‘iston Ichki ishlar vaziri Yerlan Turgumbayevning so‘zlariga ko‘ra, politsiya Janaozendagi noqonuniy mitinglarga qarshi chora ko‘radi.
“Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabar noqonuniy. Noqonuniy mitinglarni o‘tkazishga chaqiriqlar bo‘lsa, ichki ishlar organlari tegishli chora ko‘radi. Hozirgi kunda hammasi tinch”, - dedi ichki ishlar vaziri.
Vazir ta’kidlashicha, Qozog‘iston va Xitoy o‘rtasida investitsiya bitimlari imzolangan. Biroq ular orasida odamlarning e’tiroziga sabab bo‘ladigani yo‘q.