Pompeo “Tolibon” bilan tinchlik shartnomasini imzolashdan bosh tortdi

© Sputnik / Aleksey Vitviskiy / Mediabankka o‘tishGossekretar SShA Mayk Pompeo
Gossekretar SShA Mayk Pompeo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Tolibon” harakati vakillari AQSh bosh kotibi Mayk Pompeo “Afg‘oniston islom amirligi” bilan bitimni imzolanishi xohlamoqda.

TOShKENT, 5 sen – Sputnik. AQSh bosh kotibi Mayk Pompeo Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish shartnomasini imzolashdan bosh tortdi.

 Afganskie politseyskie v Kabule.  - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘oniston hukumati AQSh va toliblar o‘rtasida tuzilgan bitim loyihasidan tashvishda

Time jurnali xabarida aytilishicha, “Tolibon” harakati Pompeo “Afg‘oniston Islom amirligi” bilan bitimni imzolashini talab qildi, toliblar 1996-yilda mamlakatni katta hududini bosib olishgandan keyin bu nomdan foydalanishni boshladi. 

Qisman tan olingan Afg‘oniston Islom Amirligi davlati 1996-2001 yillarda AQSh va uning ittifoqchilarining harbiy aralashuvi natijasida “Tolibon” rejimi ag‘darilgunga qadar mamlakatning katta qismida mavjud bo‘lgan.

Afg‘on rasmiylarining so‘zlariga ko‘ra, bunday hujjat imzolansa “Tolibon”ning qonuniy siyosiy tashkilot sifatida de-fakto tan olinishini anglatadi.

Ilgari Pompeoning o‘zi, agar AQSh prezidenti Donald Tramp va boshqa barcha tomonlar ushbu hujjatni ma’qullasa, Afg‘onistondagi mojaroni hal etish bo‘yicha kelishuvni imzolashini aytgandi.

Yangiliklar lentasi
0