Moskvada erining xurragi sababli braziliyalik ayol jonlantirish bo‘limiga tushdi

Obuna bo‘lish
Moskvada erining xurrak otishi sababli braziliyalik turist kasalxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizildi.

TOShKENT, 4 sen – Sputnik. Moskvada erining xurrak otishi sababli braziliyalik turist jonlantirish bo‘limiga yotqizildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Bivshiy korol Malayzii Muxammad V i Oksana Voyevodina - Sputnik O‘zbekiston
Moskva go‘zali Malayziya sobiq qiroli bilan ajralishi haqida so‘zlab berdi

Oila boshlig‘ining so‘zlariga ko‘ra, 3-sentabr kuni ular restoranda birga alkogol ichimliklarni ichishgan. Mehmonxonaga qaytishgach, ayol erining xurrak otishini eshitmaslik uchun uyqu dorisini ichgan. 

Shundan so‘ng ayolning mazasi qochib u shifoxonaga olib ketildi. Shifokorlar ayolda doridan o‘tkir zaxarlanish tashxisini qo‘ydi.

Erkak ta’kidlashicha, rafiqasi erining xurrak ovozi xalaqit bermasligi uchun ko‘p miqdorda uyqu dorisini ichib oldi, tabletkalar doim yonida bo‘lgan ekan.

Politsiya ushbu holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazmoqda.

Yangiliklar lentasi
0