TOShKENT, 4 sen - Sputnik. Futbol bo‘yicha JCh—2022 ikkinchi saralash bosqichi 1-turidan o‘rin olgan Falastin — O‘zbekiston uchrashuvini xitoylik hakamlar guruhi boshqarib boradi. Bu haqda O‘FA xabar qildi.
Saralash bahslarining “D” guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi ilk o‘yinini safarda Falastinga qarshi o‘tkazadi. Mazkur uchrashuv 5-sentabr kuni Al-Ram shahridagi Falastin terma jamoasining uy o‘yinlarini o‘tkazadigan “Faisal Al-Husseini” stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanadi.
Bosh hakam: Fu Ming (Xitoy)
Yordamchi hakamlar: Huo Veiming (Xitoy), Vang Detsin (Xitoy).
Zaxira hakami: Arafa Muhammad (Iordaniya).
Nazoratchi: Baskar Purushotaman (Hindiston).
Komissar: Shahir Ahmed (Maldiv).
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston milliy jamoasining JCh-2022 saralashidagi ilk o‘yini – Falastinga qarshi uchrashuv oldidan yig‘inga chaqirilgan futbolchilar ro‘yxati e’lon qilingani xabar qilingan edi.