Ektor Kuper: “Hech bir raqibga bepisandlik bilan qarab bo‘lmaydi”

Obuna bo‘lish
Bosh murabbiy JCh-2022 hamda Osiyo kubogi-2023 musobaqalari ikkinchi saralash bosqichidagi O‘zbekiston terma jamoasining raqiblari haqidagi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

TOShKENT, 17-iyul – Sputnik. O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper JCh-2022 hamda Osiyo kubogi-2023 musobaqalari ikkinchi saralash bosqichidagi O‘zbekiston raqiblari haqidagi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Sbornaya Uzbekistana po futbolu na China Cup 2019 - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston terma jamoasining JCh-2022 saralashi 2-bosqichidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi

“Qur’a qanday jamoalarni taqdim etishini oldindan taxmin qilib bo‘lmaydi. Shu sababdan har qanday raqib bilan to‘qnash kelishga tayyor turish lozim bo‘ladi. Jahon chempionati saralashi ikkinchi bosqichi qur’asi bizga taqdim etgan raqiblarning barchasi o‘ziga yarasha kuchli jihatlarga ega ekanini ta’kidlay olaman. Hech bir raqibga bepisandlik bilan qarab bo‘lmaydi. Guruhimizdan o‘rin olgan har bir raqibni hurmat qilgan holda uchrashuvlarga hozirlik ko‘ramiz. O‘zbekiston terma jamoasi barcha uchrashuvlarda mazmunli o‘yin namoyish etib, yakunda kelasi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun maydonga tushadi”, - deya iqtibos keltiradi Ektor Kuper so‘zlaridan O‘FA.

Bor e’tiborimiz Jahon chempionati saralashiga qaratilgan - Ektor Kuper

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Malayziya poytaxti Kuala Lumpurda joylashgan Osiyo futbol konfederatsiyasi bosh qarorgohida Jahon chempionati-2022 hamda Osiyo kubogi-2023 musobaqalari ikkinchi saralash bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tgani haqida xabar qilingan edi.

Qur’a natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi ikkinchi saralash bosqichining “D” guruhidan o‘rin oldi. Guruhda O‘zbekiston terma jamoasiga Saudiya Arabistoni, Falastin, Yaman hamda Singapur termalari raqiblik qiladi.

Yangiliklar lentasi
0