O‘zbekistonda yil yakuniga qadar 10 mingta uy-joy qurib bitkaziladi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaOdin den s xokimom Yashnabada - Xojiakbarom Tillyashayxovim
Odin den s xokimom Yashnabada - Xojiakbarom Tillyashayxovim - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston rahbari bu uylarning sifati va narxlarini alohida nazoratga olish zarurligini ta’kidladi

TOShKENT, 15 avg - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 14-avgust kuni mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha 2019-yilning birinchi yarmida amalga oshirilgan ishlarni muhokama qilish hamda 9 oy va yil yakuni bo‘yicha belgilangan prognoz parametrlariga erishishni ta’minlaydigan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.

Stroitelstvo novix domov v Gulistane  - Sputnik O‘zbekiston
Olmazor tumanida o‘qituvchilar uchun 6 ta ko‘p qavatli arzon uylar quriladi

Yig‘ilishda hududlarni kompleks rivojlantirish va kommunikatsiyalar infratuzilmasini yaxshilash masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Hisobot davrida uy-joylar, yo‘l-logistika va ijtimoiy infratuzilma obyektlari qurish bo‘yicha ko‘plab ishlar amalga oshirildi. Xususan, "Obod qishloq" dasturi doirasida 159 tumandagi 478 ta qishloq yangicha qiyofa kasb etdi, ularga ichimlik suvi, gaz va elektr tarmoqlari tortildi. Shuningdek, 3,6 ming kilometr avtomobil yo‘llarida qurilish-ta’mirlash ishlari bajarildi.

Bu boradagi ishlarni davom ettirib, aholining uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, ijtimoiy sharoitlarni yaxshilash masalalariga yana bir bor e’tibor qaratildi.

Yil yakuniga qadar 10 mingta uy-joy va 111 ta ko‘p qavatli uylarni qurib bitkazish, 1 ming 200 kilometr ichimlik va oqova suv tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish, ularning sifati va narxlarini alohida nazoratga olish zarurligi ta’kidlandi.

Yangiliklar lentasi
0