Shavkat Mirziyoyev kuzda Yaponiyaga tashrif buyuradi

© Sputnik / Natalia SeliverstovaVid na gorod Tokio
Vid na gorod Tokio  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidentining Yaponiyaga ilk tashrifi 2019-yil kuzida amalga oshishi mumkin.

TOShKENT, 11-iyun – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev kuzda Yaponiyaga tashrif buyuradi, bu haqida O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Sputnik muxbiriga xabar qildi.

Turakurganskaya teplovaya elektrostansiya - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Namanganda Yaponiya bilan hamkorlikda qurilayotgan IES bilan tanishdi

“Yaponiya juda rivojlangan davlat. O‘zbekiston mustaqilikka erishganidan beri aloqalar barqaror rivojlanib kelayapti. Bizning iqtisodiy islohotlarimizni Yaponiya hukumati qo‘llab-quvvatlamoqda.

“Biz hozir yaponiya bilan (prezident tashrifni - tahr.) muhokama qilayapmiz. Yaponiya tomon ham O‘zbekiston delegatsiyasi tashrifiga juda katta qiziqish bilan qarayapti. Kuzda Yaponiyaga tashrif bo‘ladi”, - deb javob berdi Ilhom Ne’matov, prezidentning Yaponiyaga tashrifi haqida berilgan savolga.  

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston va Yaponiya orasida bugungi kunda ko‘plab sohalarda aloqa o‘rnatilgan. Bu madaniyat, ta’lim va iqtisodiy aloqalar. Yaponiyaning yuqori texnologiyali kompaniyalari O‘zbekistonda issiqlik elektr stansiyalari uchun uskunalar yetkazib berishda yetakchilik qilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0