Afg‘onistonda IShIDning qancha jangarisi borligi ma’lum qilindi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishJitel Xazareyskoy obshini v Kabule
Jitel Xazareyskoy obshini v Kabule - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Afg‘onistonning Tojikiston va Turkmaniston bilan chegaradosh bo‘lgan tumanlarida eng xavfli vaziyat yuzaga kelmoqda, bu yerda ishidchilar soni 1,3 ming yaqinni tashkil qiladi”, - dedi diplomat.

TOShKENT, 28 avg – Sputnik. IShIDning Afg‘onistondagi o‘zagini 4 mingga yaqin jangari tashkil qiladi. Bu haqda BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili o‘rinbosari Gennadiy Kuzmin ma’lum qildi.  

Voorujennie boyeviki - Sputnik O‘zbekiston
AQSh IShID boshliqlari haqidagi ma’lumot uchun katta mukofot pulini beradi

Ishidchilar mintaqaning qolgan davlatlariga kirib borish uchun Afg‘onistonni plasdarmga aylantirish uchun faol qadamlar amalga oshirmoqda.

Ishidchilar Afg‘onistonni mintaqaning boshqa davlatlariga o‘tish uchun ko‘prik pog‘onasiga aylashtirish bo‘yicha faol choralarni ko‘rmoqda.

“Terrorchilik tuzilmasining o‘zagini asosan Kunar va Nangarhor viloyatlarida mujassamlashgan 4 mingdan ko‘proq jangari tashkil qiladi”, - dedi Kuzmin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, IShID jangarilar respublikaning shimoliy va sharqiy tumanlardan harakat qilmoqda. Yoshlarni, mahalliy va hududiy terrorchilik guruhlari, jumladan “Tolibon” harakati va “Hizb ut-Tahrir”dan dala qo‘mondonlarini yollash, Yaqin Sharqdagi jangovar harakatlar hududlaridan jangarilarni qabul qilish faol olib borilmoqda.

“Afg‘onistonning Tojikiston va Turkmaniston bilan chegaradosh bo‘lgan tumanlarida eng xavfli vaziyat yuzaga kelmoqda, bu yerda ishidchilar soni 1,3 ming yaqinni tashkil qiladi”, - dedi diplomat.

Kuzmin ta’kidlashicha, IShID yetakchilari Afg‘onistonning shimoliy va sharqiy mintaqalarida Tolibon tomonidan boshqariladigan hududlar orqali kengaytirishga intilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0