Toshkentda NIYaU MIFIning birinchi xorijiy filiali ochildi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaOtkritie NIYaU MIFI v Tashkente
Otkritie NIYaU MIFI v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Abdulla Aripov va “Rosatom” bosh direktori Aleksey Lixachev NIYaU MIFIning Toshkentdagi filialini rasman ochiq deb e’lon qilishdi.

TOShKENT, 3 sen - Sputnik. Bugun Toshkentda Rossiya Milliy yadroviy izlanishlar universitetining (NIYaU MIFI) filiali ochilishi tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Marosimda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov, “Rosatom” bosh direktori Aleksey Lixachev, O‘zbekiston Energetiva vaziri Alisher Sultonov hamda “Rosatom” va “O‘zatom” korporatsiyasi vakillari ishtirok etishdi.

“Bizning mamlakatda MIFIning filiali ochilishi – bo‘lajak AES uchun malakalai kadrlar tayyorlash uchun asos bo‘ladi. Undan tashqari  ushbu oliygoh keljakda minglab yoshlarga yuqori malakali soha – atom energetikasi sohasida ish topishga yordam beradi”, - dedi Abdulla Aripov.

O‘z navbatida Aleksey Lixachev ham O‘zbekistonda atom energetikasi sohasini muvaffaqiyatli rivojlantirish uchun kadrlar tayyorlash - asosiy masala ekanini ta’kidladi hamda Rossiya va O‘zbekiston orasida ushbu sohada muvaffaqiyatli hamkorlik yo‘lga qo‘yilganidan mamnunligini bildirdi.

Tantanali so‘zlardan keyin mehmonlar ramziy tasmani kesib, O‘zbekistondagi NIYaU MIFIning filiali ochilganini rasman e’lon qilishdi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu oliygoh Rossiya va O‘zbekiston orasida AES qurilishi doirasida 2018-yilda erishilgan kelishuvga asosan tashkil etilgan. Ayni damda hukumatlar orasidagi kelishuvga asosan Rossiya Federatsiyasiyada 56 nafar o‘zbekistonlik talabalar Rossiyada atom energetikasi sohasida ta’lim olmoqdalar.  

Yangiliklar lentasi
0