TOShKENT, 14 avg – Sputnik. O‘zbekistonda quriladigan AESda ishlatib bo‘lingan yoqilg‘i qayta ishlash uchun Rossiyaga yuboriladi. Radioaktiv chiqindilar respublikada saqlanadi. Bu haqda “O‘zatom” matbuot xizmati xabar qildi.
“Ishlatib bo‘lingan yoqilg‘i qayta ishlash uchun Rossiyaga yuborish rejalashtirilgan”, - deyilgan xabarda.
Xabarda aytilishicha, qayta ishlash jarayonida qimmatli yadroviy material chiqariladi, qolgani esa bug‘lash va presslash orqali qattiq agregat holatga keltiriladi va O‘zbekistonga qaytariladi.
Bu mexanizm O‘zbekiston va Rossiya a’zo bo‘lgan qator xalqaro shartnomalar bilan ko‘zda tutilgan: Yadroviy qurolni tarqalmaslik to‘g‘risida Shartnoma (1968 yil 1-iyul), Yadroviy qurilmalarni va yadroviy materialni jisman himoya qilish to‘g‘risida Konvensiya (1979 yil 26-oktabr), Ishlatib bo‘lingan yoqilg‘i bilan muomalada bo‘lish xavfsizligi to‘g‘risidagi va va radioaktiv chiqindilar bilan muomalada bo‘lish xavfsizligi haqidagi birlashgan Konvensiya (1997 yil 5-sentabr).
“Har bir mamlakat radioaktiv chiqindilarni o‘z hududida saqlashi kerak”, - deyilgan xabardi.
2018 yil sentabr boshida Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev va O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov AES qurilishida hamkorlik qilish to‘g‘risida bitimni imzolashgandi.
Rossiyaning "Rosatom" davlat korporatsiyasi 1 200 MVt quvvatga ega “3+” avlodidagi 1200-suv energetik reaktorli ikkita energoblok qurish rejalashtirilgan.
O‘tkazilgan ilmiy izlanishlardan so‘ng AES qurilishi uchun optimal maydon deb Jizzax viloyatida joylashgan Tuzonko‘l yaqinidagi hudud tanlangan.
Bugungi kunda bu maydonda AES qurilishi uchun tadqiqot ishlarining ikkinchi bosqichi jadal suratlarda olib borilmoqda.
Stansiyani 2028-yilgacha ishga tushirish rejalashtirilgan.
Atom elektr stansiyasi barpo etilishi natijasida yiliga 3,7 milliard kub metr tabiiy gaz tejaladi. Bu manba qayta ishlanib, yuqori qo‘shilgan qiymatli neft-kimyo mahsulotlari ishlab chiqariladi.